Adliya vazirligi tomonidan  fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oşirişga qaratilgan qator loyihalarning taqdimoti ötkazildi. Özbekistonda aholi huquqiy savodxonligini oşirişga mas'ul taşkilot hisoblangan Adliya vazirligi bu borada qator tadbirlarni ötkazib kelmoqda va bu işlarni amalga oşiriş uçun da'vat bilan birga rağbat usulini ham yölga qöygan.

Xususan, huquqiy nigilizmga qarşi kuraşiş, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Aholi örtasida ötkazilgan ijtimoiy sörovnomalar, huquqni qöllaş amaliyotini örganiş natijalari hamda Adliya vazirligining işonç telefonlariga bir kunda kelib tuşayotgan 1000 dan ortiq murojaatlar ham bu yönalişda qilinişi kerak bölgan işlar köpligini körsatmoqda. Şulardan kelib çiqib, Adliya vazirligi qator loyihalarni tayyorladi. Vazirlikning Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi KUN.UZ'ga şu haqida xabar berdi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Birinçidan, vazirlik aholi orasida huquqiy savodxonlik darajasini örganiş uçun maxsus sotsiologik tadqiqotlar va sörovlar ötkazdi. Tadqiqot natijalariga tayangan holda huquqşunos, pedagog, psixolog va sotsiolog mutaxassislar tomonidan fuqarolarning huquqiy bilimlari uçun minimal talablar işlab çiqildi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Ikkinçidan, jahon tajribalarini örganib, mahalliy qonunçilik amaliyotiga tayangan holda huquqiy testlar tayyorlandi. Maxsus sayt yordamida fuqarolarga doimiy ravişda yangilanib turadigan savollar bazasidan test savollariga javob beriş orqali huquqiy bilim körsatkiçini aniqlaş imkoni beriladi. Özbekistonda hozirda yagona bölgan uşbu saytda 1000ga yaqin huquqiy testlar jamlangan.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Uçinçidan, fuqarolar tomonidan eng köp beriladigan huquqiy mavzudagi savollar asosida maxsus huquqiy qöllanma tayyorlandi. Uşbu qöllanma oila davrasida huquqiy savodxonlikni oşirişga möljallangan bölib, unda fuqarolik, mulk, yer, uy-joy, mehnat, ta'lim, soliq va oila qonunçiligiga doir muhim tuşunçalar oçib berilgan.

Qöllanma 300 000 nusxada çop etilib, xonadonlarga bepul tarqatiladi.

Törtinçidan, vazirlik “Huquqni biliş foydali” şiori ostida huquqiy savodxonlikni rağbatlantiradi. Şu maqsadda maxsus tanlov taşkil etildi. Uning birinçi bosqiçida @huquqiyaxborot telegram kanali orqali huquqiy mavzudagi savollar berib boriladi. Uşbu saralaş bosqiçidan ötgan iştirokçilar ikkinçi bosqiçda onlayn testlarga javob beradilar. Yuqori natijalarga erişgan iştirokçilar uçinçi bosqiçda suhbatdan ötadilar. Ğoliblarni xorijga sayohatga va stajirovkaga yuboriş, şuningdek boşqa qimmatbaho sovğalar bilan rağbatlantiriş közda tutilgan.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Beşinçidan, Adliya vazirligi bukletlar va flayerlar kabi tarğibotning an'anaviy usullarini yangiça mazmunda qölladi. Flayerlarda ma'lumotlar şunçaki matn şaklida emas, test şaklida taqdim etildi. Undagi savollarga javob berib, fuqaro öz huquqiy bilimini sinaş bilan bir qatorda, yangi ma'lumotlarni ham oladi. Tarqatma materiallar aholi gavjum joylarda tarqatiladi va “Street-law” loyihasining bir qismi sanaladi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

Loyihalar taqdimotiga bağişlangan tadbirda sözga çiqqanlar vazirlik huquqiy tarğibotda da'vat emas, rağbat usulini tanlagan holda aholining huquqiy mavzularga bölgan qiziqişini oşirişning turli usullarini izlaşda davom etişini bildirdi. Bunda ular yurtimizdagi OAV bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaş lozimligini ta'kidlaşdi hamda jurnalistlarning taqdimoti ötkazilgan loyihalar böyiça qiziqtirgan savollariga javob berişdi.