Joriy yilning 11 sentabr kuni “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boş ofisida kompaniya rahbariyati Şveytsariyaning “Credit Suisse” banki vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Unda bankning “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oşirilayotgan investitsion loyihalarni moliyalaştirişdagi iştiroki muhokama etildi. Bu haqda Kun.uz’ga “Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

“Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bank vakillariga kompaniya faoliyati, neft va gaz sanoati doirasidagi investitsion loyihalari va mamlakatimizda uşbu sohada amalga oşirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Şveytsariya banki vakillari mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanişida muhim örin tutadigan “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining investitsion loyihalarini moliyalaştirişga katta qiziqiş bildirayotganlarini alohida ta'kidlab ötdi.
Bank vakillarining aytişiça, loyihalarni moliyalaştiriş nafaqat tijorat maqsadini közlaydi, balki “Credit Suisse” bankining “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan strategik munosabatlarning örnatilişiga xizmat qiladi. Va ular uşbu hamkorlik uzoq muddatli bölişidan umidvor ekanligini ta'kidladi.

Uçraşuv yakunida tomonlar “Şörtangazkimyo” majmuasi mas'uliyati çeklangan jamiyatining işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va yangi neftni qayta işlaş zavodini quriş böyiça investitsion loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlarini birgalikda körib çiqiş böyiça kelişuvga erişdi.











