Ğarbiy Yevropa aholisining ratsionga kamdan-kam holatlardagina göştni qöşişni közda tutuvçi soğlom ovqatlaniş tizimiga ötişi suv xarajatlarini 11-35 foizga qisqartiriş imkonini beradi. Agar mintaqa aholisi vegetarianlikka ötsa, iste'mol qilinayotgan suv hajmi 55 foizga kamayar ekan. Nature Sustainability jurnalida çop etilgan tadqiqot natijalari şundan dalolat bermoqda. 

Olimlarning hisob-kitobiga köra, bir britaniyalikka ovqat tayyorlaş uçun kuniga 2757 l suv talab qilinadi. Germaniya va Fransiyada bu körsatkiç balandroq - 2929 va 3861 l. Olimlar bunday farqni uşbu mamlakatlar aholisining ovqatlanişga doir odatlari farqlanişi bilan izohlaşmoqda. Masalan, fransuzlar köproq göşt iste'mol qilib, vino içişadi - bu mahsulotlarni işlab çiqarişga esa juda köp suv sarflanadi. 

Uşbu hisob-kitoblar asosida tadqiqotçilar bu mamlakatlar aholisining göşt iste'molidan töliq yo qisman voz keçgan taqdirda, atrof-muhitga ehtimoliy ta'sir natijalariga doir prognoz qilişdi. 

Agar nemislar, fransuzlar va britaniyaliklar soğlom ovqatlanişga ötişsa (Jahon soğliqni saqlaş tavsiyasi asosida tuzilgan ratsionga binoan), suv iste'moli 11-35 foizga qisqaradi. Agar yevropaliklar pesketarian parhezni tanlaşsa, ya'ni göşt iste'molini baliqqa almaştirişsa, taom tayyorlaşga 30-35 foiz kamroq suv sarflanadi, agar vegetarian bölişsa, 55 foizga kamroq. 

Olimlarning ta'kidlaşiça, yevropaliklarning ovqatlaniş bilan boğliq odatlarini nosoğlom deyiş mumkin, zero ularning ratsionida meva va sabzavotlar kam. Odatlarni özgartiriş esa oson keçmaydi. Tadqiqotçilar muammo yeçimi sifatida nosoğlom yegulikka  soliq kiritişni taklif qilişmoqda.