Innovatsion faoliyatni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, “Yaşnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi” DUK Toşkent şahar hokimligi tasarrufidan çiqarildi. Endilikda direksiyaning ta'sisçisi etib Innovatsion rivojlaniş vazirligi belgilandi.
Innovatsion rivojlaniş va novatorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan mahalliy ilmiy işlanmalarni joriy qiliş va tijoratlaştirişni közda tutadigan ilmiy startaplarni grant yoki foizsiz qaytariş asosida moliyalaştiriladi. Bunda investorlarning öz mablağlari bilan iştiroki investitsiyalar summasining 30 foizidan kam bölmasligi nazarda tutilgan.
Şuningdek, Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi tuzilmasida yuqori texnologiyali kiçik kompaniyalar uçun mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriyalar va asbob-uskunalarni imtiyozli şartlarda taqdim etgan holda Innovatsion startap-akselerator va startap-inkubator taşkil qilinadi.
Laboratoriya asbob-uskunalari, işlab çiqariş maydonlari va ofis xonalari Ilğor texnologiyalar markazi rezidentlariga ijaraga 2 yil muddatga, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan kelişilgan holda 5 yilgaça uzaytiriş huquqi bilan taqdim etiladi.
Ilğor texnologiyalar markazi rezidentlari 2022 yil 1 yanvargaça quyidagilardan ozod qilinadi:
• yer soliği;
• foyda soliği;
• yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
• yagona soliq;
• şaxsiy ehtiyojlar maqsadida keltiriladigan xomaşyo va butlovçi buyumlar uçun bojxona tölovlaridan(bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlardan taşqari).












