Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Amerika davlatlari taşkiloti (ADT) va Amerikaaro taraqqiyot bankidan qöşni Venesueladan qoçqinlar oqimi köpaygani sababli mamlakatga moliyaviy yordam körsatişni söradi.

“ADT yordami va Amerikaaro taraqqiyot banki prezidenti qöllab-quvvatlovi bilan yarimşarimizdagi bu vaziyatni hal qiliş uçun moliyalaştiriş vositalari bölişini ta'kidlayman”, deb aytgan Duke ADT rahbari Luis Almagro bilan uçraşuvdan keyin.

Xalqaro migratsiya taşkiloti may oyi boşida 2015-2017 yillar davomida venesuelalik qoçqinlar soni 10 martadan köproq oşganini ma'lum qilgan. 2015 yilda ularning soni 89 ming nafarga baholangan bölsa, 2017 yil yakunlariga köra 900 mingni taşkil qilgan. Bu davr içida butun dunyo böylab boşpana qidirayotgan venesuelaliklar umumiy miqdori 700 mingdan 1,5 mln nafargaça köpaygan.

BMT hozirda venesuelalik qoçqinlar sonini 2,3 mln nafar deb baholamoqda. Kolumbiyaning özida ularning soni 1 mlngaça yetadi. 

Hozirda Venesueladagi vaziyat mahsulotlar tanqisligi, juda kuçli inflyatsiya va davlat daromadlari pasayib ketgani sababli falokatli köriniş olgan.