Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi dilerlik markazlari tekşirilganida, 83 dona «Lacetti», «Cobalt», «Spark» va «Nexia» rusumli avtomobillar savdosi borasida qöpol qoidabuzarliklarga yölga qöyilgani aniqlandi. Bu haqda «Özavtosanoat» AJ xabar bergan.

«Dilerlik markazlari xodimlari mijozlarni avtomobillar mavjudligi haqida öz vaqtida ogohlantirişmagan va bu bilan sun'iy avtomobil tanqisligi va navbatlar yuzaga kelişiga yöl qöyişgan. Şuningdek, tekşiruvlar doirasida muddatida sotilişi kerak bölgan avtomobillar saqlanayotgan joylar ham aniqlandi. Uşbu dilerlik markazlariga nisbatan tegişli çoralar köriladi.

Ana şunday qöpol qoidabuzarliklarni aniqlaş va ularni qonuniy javobgarlikka tortiş davom ettiriladi.

Hurmatli mijozlar, sizga 15-16 sentabr kunlari Sergeli avtomobil bozorida «45 daqiqada avtomobil» aksiyasi doirasida 83 dona avtomobil savdoga qöyilişini va siz ularni ortiqça navbatlarsiz xarid qilişingiz mumkinligini ma'lum qilamiz», deyiladi xabarda.