Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Olimpiya va milliy sport turlari böyiça davlat ixtisoslaştirilgan maktab-internatlariga öquvçilarni qabul qiliş tartibi töğrisida nizom loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, maktab-internatga har yili umumta'lim maktabining 4-sinfini tamomlaganligi töğrisida baholar (özlaştiriş) tabeliga ega bölgan, soğliği jihatidan öqişga yaroqli deb topilgan, sportga qobiliyati eng iqtidorli, olimpiya va milliy sport turlari, şu jumladan sportning öyin turlari (sportning futbol turidan taşqari) böyiça sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Maktab-internatda öqiş muddati 7 yil va öquvçilar umumiy kontingenti 350 nafar bölib, sportga qobiliyati eng iqtidorli 25-30 nafar (25 nafardan kam bölmasligi lozim) öquvçilar tanlov natijalari asosida har yili 5-sinfga (öquvçilarning 50 foizi sportning olimpiya va milliy turlariga kiradigan sport yakka kuraş turlari böyiça, qolgan 50 foizi sportning olimpiya turlariga kiradigan öyin turlari böyiça (sportning futbol turidan taşqari) qabul qilinadi.
Ota-onalar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) öquvçining ota-onasi nomidan maktab-internat direktori nomiga uşbu maktab-internatga öquvçini qabul qiliş haqidagi ariza;
b) öquvçining tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (hujjatni topşiriş vaqtida hujjatning asl nusxasi körsatiladi);
v) öquvçining baholar (özlaştiriş) tabeli nusxasi (hujjatlarni topşiriş uning asl nusxasi körsatiladi);
g) 086-U-şakl böyiça tibbiy ma'lumotnoma hamda öquvçining umurtqasi rentgen tasviri;
d) öquvçining sport musobaqalarida erişgan natijalarini tasdiqlovçi hujjatlar, agar mavjud bölsa;
ye) öquvçining 3,5 x 4,5 sm ölçamdagi 6 dona rangli fotosurati;
j) öquvçining sport pasporti nusxasi, agar mavjud bölsa (hujjatlarni topşiriş vaqtida uning asl nusxasi körsatiladi);
z) öquvçining yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organidan ma'lumotnoma;
i) öquvçining psixologik-pedagogik diagnostika daftari (umumta'lim muassasasi psixologi yoki direktor va sinf rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma).
Hujjatlar har yili 25 iyundan 8 avgustgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi.
Maktab-internat hududida tanlovdan oldingi öquv-maşq yiğinlarida iştirok etgan öquvçilar orasidan sportga qobiliyati eng iqtidorli, sport turlari böyiça umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka ega öquvçilarni aniqlaş tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tanlovni ötkaziş uçun komissiya raisi tomonidan 5 kişidan iborat tarkibda Tanlovni ötkaziş hay'ati (bundan buyon matnda hay'at deb yuritiladi) taşkil etiladi.
Öquvçilar maktab-internatga kiriş uçun umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik böyiça ixtisoslik imtihonlarini (sinovlarini) topşiradi.
Öquvçilarni tanlov asosida tanlab oliş va qabul qiliş mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq tasdiqlangan sport turlari böyiça umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik talablari asosida ötkaziladi.Tanlab oliş va qabul qiliş 100 ballik tizimda (umumiy jismoniy tayyorgarlik 30 ball, maxsus jismoniy tayyorgarlik 70 ball) baholanadi.
Ixtisoslik imtihonlarini topşirişdan oldin öquvçilar har yili 9 – 10 avgust kunlari tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarida taşkil etilgan tibbiy komissiya tomonidan tibbiy körikdan ötkaziladi. Tibbiy komissiya tarkibiga maktab-internatning sport turlari böyiça bir nafar treneri ham kiritiladi.
Tibbiy körikdan ötkazişda öquvçining antropometrik körsatkiçlari (tana vazni, böyining uzunligi va kökrak qafasi aylanasi), funksional imkoniyatlari va soğliğidagi mavjud nuqsonlari aniqlanadi.
Ixtisoslik imtihonlari har yili 11 avgustdan 16 avgustgaça (şu kun ham) ötkaziladi va har bir tanlov natijalari ötkazilgan kunning ertasidan keçiktirmay öquvçilarga e'lon qilinadi.












