Yevrokomissiya çiqindilarni tozalaş texnologiyasi böyiça ehtimoliy kelişuv yuzasidan BMW, Daimler va Volkswagen Group (Volkswagen, Audi, Porsche) konserniga nisbatan antimonopoliya tekşiruvi boşladi. Bu haqda Yevrokomissiyaning seşanba kuni tarqatilgan bayonotida ma'lum qilindi.
"Yevrokomissiya benzinli va dizelli yengil avtomobillarning çiqindilarni tozalaş texnologiyasini işlab çiqariş va joriy etiş böyiça BMW, Daimler va VW (Volkswagen, Audi, Porsche) guruhi örtasidagi ehtimoliy kelişuv yuzasidan rasmiy antimonopoliya tekşiruvi boşladi", - deyiladi bayonotda.
Ötgan yili Şvetsiyaning Scania avtomobilsozlik kompaniyasi 1997 yildan 2011 yilgaça beşta yuk maşinasi işlab çiqaruvçi kompaniyalari bilan narxlar va zararli çiqindilarni kamaytirişga zarur bölgan yangi texnologiyalar böyiça kelişib olgani uçun 880 mln yevrodan köproq jarima tölagandi.












