Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» tomonidan farmatsevtika sohasida tadbirkorlik sub’yektlarini nazorat qiliş uçun yangi elektron tizim joriy etilişi közda tutilmoqda.
Nizom loyihasida qayd etilişiça, «xavfni tahlil qiliş» elektron tizimi farmatsevtika faoliyatiga oid qonunçilik talablarini buziş xavfi mavjud bölgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlaşga xizmat qiladi.
Tizim orqali tadbirkorning qonunbuziliş xavfi aniq mezonlar va ballar asosida avtomatik ravişda baholanadi. Bunda dori vositalarini işlab çiqariş, tayyorlaş va ulgurji sotiş bilan şuğullanuvçi sub’yektlar hamda dori vositalari va tibbiy jihozlarni çakana sotuvçi sub’yektlar uçun alohida körsatkiçlar belgilangan.
Xavf darajasi uç toifaga bölinadi
Loyihaga köra, tadbirkorlik sub’yektlari 100 ballik tizim asosida baholanadi.
Xususan:
- 81 balldan 100 ballgaça - yuqori xavf;
- 61 balldan 81 ballgaça - örta xavf;
- 61 ballgaça - past xavf toifasi hisoblanadi.
Yuqori va örta xavf toifasiga kirgan tadbirkorlik sub’yektlarida profilaktika tadbirlari va tekşiruvlar amaldagi qonunçilik asosida ötkazilişi mumkin. Bunda tekşiruvlar faqat «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» vakolatiga kiruvçi masalalar doirasida amalga oşiriladi. Past xavf toifasiga kirgan sub’yektlarda esa tekşiruvlar ötkazilmaydi.
Tadbirkordan hujjat talab qilinmaydi
Xavf darajasini aniqlaş uçun litsenziya va ruxsat berişga oid ma’lumotlar, statistik körsatkiçlar, avval aniqlangan huquqbuzarliklar, yuridik va jismoniy şaxslarning murojaatlari, OAV, ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlardagi ma’lumotlardan foydalaniş mumkin.
Şu bilan birga, xavfni tahlil qiliş jarayonida tadbirkorlik sub’yektidan qöşimça hujjat yoki axborot talab qilişga yöl qöyilmaydi. Tahlil jarayoni tadbirkor faoliyatini töxtatiş, unga tösqinlik qiliş yoki faoliyatiga töğridan-töğri aralaşişni ham nazarda tutmasligi kerak.
Muhim jihati, elektron tizim orqali qonunbuziliş xavfi aniqlanganining özi tadbirkorga nisbatan ta’sir çorasini qöllaş uçun asos böla olmaydi.













