Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi öquv yurtlarini sertifikatlaş qoidalariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi loyiha joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining aviakorxonalaridagi öquv yurtlarini sertifikatlaş qoidalariga kiritilayotgan özgartirişlar:
1. 7–band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“7. Birinçi marta sertifikatni oliş uçun ariza “Davavianazorat” inspeksiyasiga topşiriladi. Mazkur ariza “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan öttiz iş kunidan oşmaydigan muddatda körib çiqiladi.
“Davavianazorat” inspeksiyasiga kelib tuşgan ariza öşa kunning özida röyxatdan ötkazilişi lozim. "Davavianazorat" inspeksiyasi arizaçiga ariza röyxatdan ötkazilganligini tasdiqlovçi tegişli hujjat (belgi) berişi, ariza elektron şaklda berilgan taqdirda esa, ariza röyxatdan ötkazilganligini “Davavianazorat” inspeksiyasining rasmiy veb-saytidagi elektron xabarlarga tayanib, yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa usul bilan tasdiqlaşi şart.
“Davavianazorat” inspeksiyasida arizani röyxatdan ötkazişni rad etişga yöl qöyilmaydi.”.
2. 16–band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“16. Ariza bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholaş natijalari salbiy natija berganda, kamçiliklarni bartaraf etiş uçun beş iş kunidan kam bölmagan vaqt “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan beriladi.”.
3. 25–bandda “ikki oy” degan sözlar “öttiz iş kuni” degan sözlar bilan almaştiriladi.
4. 38–band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“38. Sertifikatning amal qiliş muddatini bekor qiliş yoki uni töxtatib qöyiş töğrisidagi qaror “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi va bir iş kunidan keçiktirmay yozma ravişda öquv yurtiga xabar beradi.”.
5. 40–band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“40. Sertifikat harakati tugatilişiga asos bölgan sabablar bartaraf etilgandan söng va kamçiliklarni bartaraf etiş töğrisida hisobot taqdim etilgandan keyin Sertifikat harakatini yangilaş töğrisida “Davavianazorat” inspeksiyasining qarori qabul qilinadi. “Davavianazorat” inspeksiyasi tegişli qaror qabul qilingan kunidan boşlab bir iş kunidan keçiktirmay yozma ravişda buyurtmaçiga bu haqda xabar beradi.”.











