BMT tizimidagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO) barça davlatlarni mojaro hududlari bilan boğliq xavflardan fuqarolik samolyotlarini himoya qiliş böyiça qatʼiyroq majburiyatlar olişga çaqirdi.
Taşkilotning 2-sentabr kuni eʼlon qilingan bayonotida Rossiya yoki Ukraina töğridan töğri tilga olinmagan. Biroq ICAO çaqiriqni dunyo böylab fuqarolik samolyotlariga qarşi qurol işlatilişi xavfining ortişi, şuningdek ularning hujum nişoniga aylanişi yoki özaro otişma orasida qolişi ehtimoli bilan izohlagan.
ICAO tarkibiga 193 davlat kiradi.
Taşkilot fuqarolik aviatsiyasi uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan omillar qatorida uçuvçisiz uçiş apparatlari, uzoq masofali qurol tizimlari va havo hujumidan mudofaa vositalarini sanab ötgan.
Şuningdek, samolyotlarning navigatsiya tizimlariga radioçastota xalaqitlarini keltirib çiqaruvçi vositalar ham xavf manbai sifatida qayd etilgan.
ICAO davlatlar tahdidlar töğrisidagi axborotni tezkor almaşişi, xavflarni baholaş va qaror qabul qiliş mexanizmlarini kuçaytirişi, şuningdek harbiy va fuqarolik idoralari örtasidagi muvofiqlaşuvni yaxşilaşi kerakligini bildirgan.
Bundan maqsad fuqarolik samolyotlarining harbiy nişon sifatida adaşib identifikatsiya qilinişiga yöl qöymaslik ekani taʼkidlangan.
ICAO bayonoti eʼlon qilinişidan bir neça soat avval Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa Kiyev taşkilotni Rossiya havo hududida parvoz qiliş xavfsiz emasligi haqida rasman ogohlantirganini maʼlum qilgan.
Sibixa buni «harbiy faollikning kuçayişi» bilan izohlab, aviakompaniyalar va davlatlarni Rossiya havo hududidan foydalanmaslikka çaqirgan.
Ukraina taşqi işlar vazirining daʼvosiga köra, Rossiya mavjud xavflarni yetarliça hisobga olmayapti va bu ötgan yillarda bir qator aviatsiya hodisalariga olib kelgan.
U Kiyevning ICAOʻga murojaatini «tasodifiy hodisalarning oldini oliş» istagi bilan tuşuntirgan.
Bundan avval, 1-sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrain dronlari faoliyati tufayli Rossiya havo hududi xalqaro parvozlar uçun tobora xavfli bölib borayotganini bildirgan.











