Hukumat qarori bilan 2019 yil 1 yanvardan boşlab köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkaziş şartnomasini notarial tasdiqlaşda bino va inşootlar haqidagi ma'lumotlarni oliş notarius tomonidan mustaqil amalga oşiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Dastlab jismoniy yoki yuridik şaxs köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkaziş şartnomasini notarial tasdiqlaş haqida davlat notarial idoralariga murojaat qiladi.
Bunda köçmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovçi hujjat bilan birgalikda kadastr yiğmajildi, pasport yoki şaxsni tasdiqlovçi boşqa hujjatlar taqdim etiladi.
Keyingi bosqiçda notarius bino va inşoot joylaşgan hududdagi yer tuziş va kadastr organiga kurerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali bino va inşootlar haqidagi ma'lumotlarni sörab sörovnoma yuboradi.
Söngra uşbu sörovnomaga asosan yer tuziş va kadastr organi bino va inşootlarning tegişliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yaşaş) maydoni hajmi, köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkazişga taqiq va xatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma'lumotni taqdim etadi.
Hujjatlar töliq taqdim etilgaç, 30 daqiqa içida köçmas mulkni boşqa şaxsga ötkaziş şartnomasi notarial tasdiqlanadi.












