Bu prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga köra, 2030-yil 1-yanvarga qadar qarzdorlik evaziga tijorat banklari balansiga olingan hamda banklar muassisligidagi investitsiya kompaniyalari balansida turgan köçmas mulk obyektlariga nisbatan qator soliq imtiyozlari amal qiladi.

Xususan, bunday köçmas mulkni öz balansiga qabul qilayotgan tijorat banklari mol-mulk va yer soliğidan 6 oy muddatga ozod qilinadi.

Banklar muassisligidagi investitsiya kompaniyalari uçun uşbu imtiyoz mol-mulk balansga qabul qilingan kundan boşlab 12 oy davomida amal qiladi.

Şuningdek, mazkur köçmas mulk obyektlarini töliq qiymatini tölagan holda sotib olgan xaridorlar ham 12 oy muddatga mol-mulk soliği va yer soliğini tölamaydi.

Yana bir imtiyoz qarzdorning mol-mulkni bankka ixtiyoriy topşirişi bilan boğliq. Agar yuridik şaxs qarzdorlik evaziga mol-mulkdan voz keçiş töğrisidagi şartnoma asosida öz mulkini tijorat bankiga ixtiyoriy ravişda topşirsa, uşbu yuridik şaxs QQS tölaşdan ozod etiladi.

Tijorat banklari balansiga qarzdorlik evaziga qabul qilingan mol-mulkni bir yildan ortiq muddatga bölib-bölib tölaş şarti bilan sotişda ham QQSni hisoblaşning alohida tartibi joriy qilinadi. Bunda QQS mol-mulkning töliq sotiş qiymatidan emas, balki uning sotiş qiymati bilan balans qiymati örtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.

Mol-mulkni töğridan töğri sotiş mumkin böladi

Qarzdorlikni suddan taşqari tartibda undirişni rağbatlantiriş uçun davlat iştirokidagi banklarga qöşimça imkoniyatlar ham beriladi.

Qarzdor mol-mulkidan ixtiyoriy voz keçiş töğrisidagi şartnoma asosida davlat iştirokidagi bankka berilgan mol-mulkni bozor qiymatida töğridan töğri sotişga ruxsat etiladi.

Bunday mol-mulkni faqat biryöla tölov asosida emas, balki kreditga, bölib-bölib tölaş şarti bilan, lizing orqali yoki qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa bitimlar asosida ham realizatsiya qiliş mumkin böladi.

Şuningdek, garovdagi mol-mulkni bankka ötkaziş jarayonini yengillaştiriş nazarda tutilgan.

Mol-mulk bankka berilayotganda soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzdorlik sababli soliq organlari yoki Majburiy ijro byurosi tomonidan qöyilgan taqiqlar mavjud bölsa ham, notariuslarga tegişli notarial bitimlarni amalga oşiriş vakolati beriladi.