Bu davlat mulkini boşqariş va sotişning yangi mexanizmlarini belgilab beruvçi prezident farmonida nazarda tutilgan.

Hujjatga köra, hududlarda, şu jumladan olis joylarda joylaşgan va xaridorlar uçun jozibador bölmagan qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari uçun yangi mexanizm qöllanadi.

Xususan, boşlanğiç narxni bosqiçma-bosqiç pasaytiriş mexanizmi qöllanganidan keyin ham uç oydan ortiq vaqt davomida sotilmagan yer uçastkalariga bölgan mulk va ijara huquqini yuridik şaxslarning ustav kapitaliga uluş sifatida kiritişga ruxsat beriladi.

Bu oçiq elektron auksion savdolari orqali va tegişli loyihani amalga oşiriş şarti bilan amalga oşiriladi.

Bunda auksionda hatto bitta talabgor qatnaşgan taqdirda ham yer uçastkasiga bölgan huquq uning ustav kapitaliga eʼlon qilingan narxda kiritilişi mumkin. Natijada şakllangan uluş keyinçalik mazkur yuridik şaxsning öziga sotib oliş uçun taklif qilinadi.

Farmon bilan davlat köçmas mulkini xususiylaştiriş jarayoni ham soddalaştirilmoqda. Davlat köçmas mulk obyektlari xususiylaştirilganda, ularga biriktirilgan yer uçastkalariga nisbatan sotuvgaça mavjud bölgan huquqlar yangi mulkdor uçun saqlab qolinadi.

Bu umrbod egalik qiliş, doimiy foydalaniş va ijara huquqlariga taalluqli. Eng muhimi, bunday holatlarda yer uçastkalari böyiça ijara şartnomalarini qaytadan tuziş talab etilmaydi.

Şuningdek, yer uçastkalarini «tayyor paket» usulida auksionga çiqariş tizimi yölga qöyiladi. Bunda yer uçastkasi hududiy arxitektura-şaharsozlik kengaşi bilan oldindan kelişiladi va quriliş uçun zarur bölgan barça ruxsatnoma hujjatlari rasmiylaştiriladi. Şundan keyingina u tayyor investitsiya taklifi sifatida savdoga qöyiladi.

Uşbu jarayonni taşkil etiş uçun mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari masʼul böladi.

«Tayyor paket»ni işlab çiqiş bilan boğliq xizmatlar xarajatlarini mahalliy byudjet mablağlari hisobidan qoplaşga ruxsat beriladi. Keyin yer uçastkasi auksionga çiqarilganda mazkur xarajatlar uning boşlanğiç narxiga qöşiladi.

Yer sotilganidan keyin «tayyor paket»ni işlab çiqiş uçun sarflangan mablağlar savdodan tuşgan mablağlar hisobidan qoplanadi.