Bu iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştirişga qaratilgan prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga köra, davlat va davlat iştirokidagi korxonalar aktivlari, şuningdek, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini elektron onlayn auksion orqali sotiş tartibiga qator özgartişlar kiritiladi.

Xususan, elektron onlayn auksionlarda har bir auksion qadami sotuvga qöyilgan obyekt boşlanğiç narxining 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Takroriy savdolarda esa faqat bitta talabgordan ariza kelib tuşsa ham, savdo natijasiz deb topilib qolmaydi. Yagona talabgorga lotni uşbu savdoda eʼlon qilingan narxda ixtiyoriy ravişda sotib oliş taklif etiladi.

Şuningdek, elektron onlayn auksion va tanlov savdolari haqidagi xabarnomalarni oldindan eʼlon qiliş muddati ikki baravar qisqartiriladi.

Amaldagi 30 kunlik muddat 15 kunga, takroriy savdolardagi 10 kunlik muddat esa 5 kunga tuşiriladi. Bu davlat aktivlarini savdoga çiqariş va realizatsiya qiliş jarayonini tezlaştiriş imkonini beradi.

Sotilmagan aktivlar «gibrid auksion»ga çiqariladi

Farmon bilan uç oy davomida sotilmagan davlat aktivlarini realizatsiya qilişning yangi mexanizmi ham joriy etiladi.

Bunday aktivlarni elektron onlayn auksion va tanlov savdolarida anglo-golland modelidagi «gibrid auksion» asosida sotişga ruxsat beriladi.

Bunda takroriy auksion obyektning boşlanğiç bahosidan boşlanadi. Dastlab savdo davomida narx har bir qadamda 2 foizdan pasaytirib boriladi.

Xaridorlardan biri aktivni sotib oliş istagini bildirganidan keyin jarayon teskari yönalişda davom etadi: talabgor taklif bildirgan narx yangi boşlanğiç nuqta sifatida olinib, keyingi takliflar narxni oşirib boriş tartibida qabul qilinadi.

Şu tariqa, dastlab xaridor paydo bölgunga qadar narx bosqiçma-bosqiç pasaytiriladi, talab paydo bölgaç esa aktiv eng yuqori narxni taklif qilgan iştirokçiga sotilişi mumkin böladi.

Xususiylaştirilayotgan korxona foydasi böyiça ham yangi qoida

Farmonda davlat iştirokidagi korxonalarni xususiylaştirişga oid yana bir tartib belgilangan.