Bugun Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev «Holley Group» kompaniyasi rahbari Çen Veydun boşçiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Uçraşuvda poytaxtning Bektemir tumanida zamonaviy texnopark bunyod etiş loyihasi muhokama etildi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati 

Qayd etiş lozimki, mazkur loyiha 200 million dollarlik töğridan-töğri xorijiy investitsiya kiritiş hisobiga amalga oşirilib, texnopark hududida tekstil, farmatsevtika, mikroelektronika mahsulotlarini işlab çiqariş rejalaştirilgan. Şuningdek, texnopark 10 mingga yaqin yangi iş örni yaratişni ham közda tutadi.

Foto: Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati 

«Holley Taşkent» 150 gektar maydonni öz içiga olib, yillik işlab çiqariş mahsuloti eksporti qariyb 2 milliard dollar bölişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, «Holley group» kompaniyasi 1970 yilda Xangçjou (Xitoy) şahrida taşkil etilgan. Bugungi kunda kompaniyaning Şimoliy Amerika, janubiy-şarqiy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqalarida filiallari mavjud.