Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Indoneziyada ötgan Osiyo öyinlarida iştirok etgan faxriy sportçilar, xususan Anton Fokin, Vadim Menkov va Oksana Çusovitina haqida fikr bildirib, ularning Tokio-2020 Olimpiadasida ham iştirok etişlari uçun şaroitlar yaratib berilişini ta'kidladi.

«Siz sanab ötgan sportçilarning har biri özbek sporti tarixida öçmas iz qoldirgan va biz buni yuksak qadrlaymiz. Indoneziyada biz tajriba va yoşlik şijoatini uyğunlaştirişga harakat qildik va buni uddalay oldik, deb öylayman.

Agar Tokio 2020 Olimpiya öyinlariga qadar ana şunday yuksak sport formasini uşlab tura olişsa, biz bu sportçilarimizning Olimpiadada iştirok etişlari uçun barça kerakli şaroitlarni yaratib berişga tayyormiz.

Şu bilan birgalikda, uşbu sportçilarimizni kelajakda ustozlik rolida köriş istagimiz bor. Maqsadimiz ularni murabbiylik işiga jalb qilib, ulkan tajribasidan foydalaniş, yoş avlod tarbiyasini ularga işonib topşiriş va özlariga öxşagan haqiqiy professional yulduzlarni yetiştirib berişlarini ta'minlaşdan iborat», - degan Ahmadjonov ÖzA`ga bergan interyusida.

«Zaxira masalasiga kelsak, sizni işontirib aytamanki, Tokio Olimpiadasida bir neça yangi nomlarni körasiz. Bu borada hozir katta hajmda iş olib borilmoqda. 6 oktabr kuni Buenos-Ayresda start oladigan III ösmirlar Olimpiya öyinlari ham köp narsaga oydinlik kiritib berişi kerak», - deya qöşimça qilgan MOQ prezidenti.

Umid Ahmadjonov Osiyo öyinlarida qaysi sport turlaridagi natijalar uni qoniqtirgani, qaysilari xafsalasini pir qilgani haqida ham aytib ötgan.

«Ba'zi sport turlarida terma jamoamiz a'zolari kutilgan natijalarni körsata olişmadi. Masalan jiu-jitsu, pençak silat, öq otiş, suv sporti turlari, qiliçbozlik, triatlon kabi sport turlaridan ham medallar kutgandik. Lekin quvonarlisi şundaki, uşbu kemtik joylarni olimpiya sport turlarida vakillarimiz köplab medallarga ega çiqib töldirib berişdi.

Boks, sport kuraşlari, taekvondo WTF, baydarka va kanoeda eşkak eşiş, oğir atletika, yengil atletika, akademik eşkak eşiş, tennis, karate, dzyudo, badiiy va sport gimnastikasi kabi sport turlari ana şular jumlasidandir. Albatta, ular qatorida milliy sportimiz kuraş alohida e'tirofga sazovor böldi. Şuningdek, musobaqada samboçilarimiz ham barçamizni xursand qilişdi», - degan Özbekiston sporti rahbari.