Suga bir yil muqaddam boş vazir bölgandi - öşanda avvalgi boş vazir Sindzo Abe soğligidagi muammo tufayli iste'foga çiqqandi.

Hukumatdagi Liberal-demokratik partiya rahbarligi uçun saylovlar 29 sentyabrga belgilangan, unda ğolib bölgan siyosatçi boş vazirlik kreslosini egallaydi.

«Kutilgan qaror»
Suganing qarori heç kim uçun ajablanarli bölmadi. Tokiodagi Olimpiya öyinlari boşlanişidan oldinroq köplab ekspertlar voqealar rivoji aynan şunday tus olişini prognoz qilişgandi.

Mamlakatdagi oğir epidemiologik vaziyatga qaramasdan va köpçilik yaponlarning irodasiga qarşi borgan holda uning hukumati Öyinlarni baribir ötkaziş borasida qaror qabul qilişi partiyaga va uning şaxsan özining reytingiga jiddiy zarba berdi.

Oktabr oyida bölib ötadigan parlament saylovlarida Liberal-demokratik partiya köplab prefekturalarda mağlubiyatga uçraşi taxmin qilinmoqda. Umummilliy saylovlar esa yil oxirida bölib ötadi.

Ayni vaqtda Yaponiya Covid-19 bilan boğliq oğir vaziyatni boşdan keçirmoqda. Aholini vaksinalaş jarayoni esa sekin sur'atlarda keçmoqda.

Mamlakatda favqulodda holat rejimi amalda.

LDP boş kotibining sözlariga köra, partiyadagilar boş vazirning qaroridan qattiq xafa bölişgan, şu bilan birga ular bu qaror çuqur tahlillardan keyin qabul qilinganiga amin.

Boş vazir lavozimidagi qolgan muddatni Yosixide Suga koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşga bağişlamoqçi.

Uzoq davom etgan faoliyat
Ayni vaqtda 72 yoşda bölgan Suga - yapon siyosatidagi eng keksa kişilardan biridir. U qulupnay yetiştiriş bilan şuğullangan fermerlar oilasida tuğilgan.

Öz faoliyatini 1987 yilda Yokogama şahar kengaşida amaldor sifatida boşlagan. 1996 yilda ilk marta parlament a'zosi bölgan, 2005 yilda Jamoatçilik bilan aloqalar vaziri örinbosarligiga tayinlangan, 2007 yilda esa Sindzo Abe unga biratöla Vazirlar Mahkamasidan uç lavozim bergan.

Bozor yangi, nisbatan kuçliroq hukumat kelişiga reaksiya berdi. Yaponiya aksiyalari keskin kötarildi, mamlakatdagi asosiy fond indekslaridan biri Topix payşanba kuni plyus 1,6 foiz bilan yopildi - bu sönggi 30 yildagi eng yuqori körsatkiçdir.