Namanganda deyarli bitiş arafasida turgan xususiy tibbiyot muassasasini buziş talab qilinmoqda. Kun.Uz tahririyatiga Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi “Universal Planet Mebel” MÇJdan şikoyat kelib tuşdi. Unda tadbirkor öz mablaği hisobidan Töraqörğon tumani “Majnuntol” mahallasida 150 örinlik xususiy tibbiy diagnostika davolaş markazi barpo etayotgani, biroq tuman hokimligi yarmigaça kötarilgan bino-inşootlarni buzişni talab qilayotgani haqida söz boradi. Ma'lum qilinişiça, quriliş işlari yakunlanib, tibbiy muassasa foydalanişga topşirilsa, 60ta yangi iş örni paydo bölişi kutilayotgan edi. 

Dastavval şikoyat arizada keltirilgan muammoni joyida örganiş maqsadida Töraqörğon tumani “Majnuntol” MFYga borib, tadbirkor bilan uçraşdik. 

 

“2016 yil 19 noyabrda tuman hokimining 893-sonli qaroriga asosan “Universal Planet Mebel” MÇJga tibbiyot muassasasi barpo etiş uçun yer maydoni ajratib berildi. Firma 2018 yil may oyidan zamonaviy tipdagi loyiha hujjatlari tayyorlanib, barça ruxsatnomalarni olganidan söng, quriliş işlarini boşlab yubordi”, - deydi korxona menejyeri Anvarjon Abdullayev. 

Uning sözlariga köra, mahallada istiqomat qiluvçi A.Qosimov va boşqa bir neça fuqarolarning Prezident virtual qabulxonasi, viloyat prokuraturasi, tuman hokimligiga yöllagan şikoyat maktublaridan keyin hokim muovini arizaçilar va korxona rahbari iştirokida yiğiliş ötkazgan. Unda hokimning quriliş işlari böyiça örinbosari şikoyatçilar quriliş bölayotgan yer maydonini avvalgidek, tuman tibbiyot birlaşmasiga qaytarişni söraganini bildirgan. (E'tibor bering, oddiy fuqaro dabdurustdan qurilayotgan xususiy tibbiyot markazi buzilib, yer maydoni avvalgidek tibbiyot birlaşmasiga qaytarilişi, u yerda davlat hisobidan tibbiy muassasa barpo etilişi uçun jon kuydirmoqda.) 

Davlat miqyosida tibbiy xizmat sifatini oşiriş maqsadida mazkur sohada ham davlat-xususiy şerikçilikni rivojlantirişga ham katta e'tibor berilayotgan kunda bu holatni qanday tuşunişni bilmadik.

Tadbirkor esa, öz navbatida tuman hokimligi yer maydoni notöğri ajratilgan, degan fikrda bölsa, bino-inşootlarni barpo etiş uçun şunça sarf xarajat qilişdan avval, firma vakilini çaqirib, bundan ogohlantirişi mumkin edi, degan fikrni ilgari surmoqda. Biroq, hokimlik quriliş işlari deyarli yakunlanib, tomini yopiş işlari yaqinlaşganida yerni qaytariş va binoni buziş töğrisida qaror çiqargan. 

“Bugungi kunda jamiyatda 20 kişi quriliş işlari bilan band bölib, jami 710 mln sömga yaqin işlar amalga oşirilgan. MÇJ bu loyihani töxtatadigan bölsa, korxonaning moliyaviy ahvoliga jiddiy salbiy ta'sir körsatadi va kasodga uçraş ehtimoli ortadi. Qolaversa, yer maydoni ajratilişi borasida heç qanday noqonuniy iş qilinmagan. Çunki tuman hokimining yer maydoni ajratiş töğrisidagi qarori çiqarilişidan avval, tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli binolar birlaşma tomonidan buzib olinib, yer maydoni böş bölgan. Tuman hokimi qarori noqonuniy çiqarilgan, degan da'vo ham notöğridir. Çunki yer maydoni Prezidentning 2012 yil 10 maydagi PQ-1754-sonli “2012-2016 yillarda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş Dasturi töğrisida”gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida berilgan”, - deydi menejyer biz bilan suhbatda. 

Arizaçilar yer maydoni yana tibbiyot birlaşmasiga qaytarilişini va u yerda şifoxona barpo etişni söragan bölsa, “biz ham şifoxona quryapmiz-ku”, - deydi tadbirkor. Uning ta'kidlaşiça, garçi bu zamonaviy tibbiyot muassasa xususiy bölsa-da, kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bölgan şaxslar yoki qariyalarga ijtimoiy yordam körsatiş maqsadida 3ta palata (2-2-3 koykadan iborat) ajratiladi. “Unda birdaniga 7 bemor heç qanday pul tölamasdan, bepul davolaniş imkoniga ega böladi. Bu bir oyda 21 kişi zamonaviy tibbiy xizmatga bepul ega böladi, demakdir”, - deya aniqlik kiritdi firma menejyeri.

Tadbirkorning sözlariga köra, ular mazkur muammo yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasiga ham murojaat qilgan. Viloyat prokuraturasi 2018 yil 15 avgustdagi 10.2/10-18-76-9184 sonli maktubi bilan tuman prokuraturasiga uşbu muammo böyiça vajlarni va boşqa holatlarni töliq örganib çiqiş vazifasini topşirgan. Abdullayevning aytişiça, viloyat prokuraturasi xususiy tibbiy muassasa qurilişi bilan boğliq me'yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan jihatlari qonun talablariga moslaştirilişi, quriliş işlari davom ettirilişi, tadbirkorga yordam körsatilişi kerak, degan fikrda.

Umuman MÇJga berilgan hududda qanday inşoot qad rostlamoqda? Abdullayev bu savolga ham oydinlik kiritib, loyiha böyiça tuşuntiriş berdi. 

Şu bilan birga, MÇJ menejyeri Abdullayev tuman hokimligi mutasaddilariga murojaat qilib, avvalgi tuman hokimining yer maydoni ajratiş böyiça 897-son qarorini bekor qiliş örniga quriliş işlariga amaliy yordam berişmasa ham, tösqinlik qilişmasa, katta kömak berişlarini bildirdi. 

Şunday söng, Töraqörğon tuman hokimligi yurist-konsultanti bilan suhbatlaşdik va muammoga izoh söradik. 

Anvarjon Nodirovning izoh berişiça, uşbu xususiy tibbiy muassasa qurilişi bilan boğliq muammo şundan iboratki, yer maydonining tuman zaxirasiga olinişi va tadbirkorga berilişiga doir tuman hokimining 2016 yil 28 iyundagi 442-sonli va 2016 yil 19 noyabrdagi 893-sonli qarorlarini qabul qilişda ayrim xatoliklarga yöl qöyilgan. 

“Tuman hokimining 2016 yil 28 iyundagi 442-sonli qarori böyiça qator kamçiliklar aniqlangan. Jumladan, 2016 yil 13 yanvarda Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining Namangan viloyat hududiy boşqarmasi va “Guzar Obod Ziynati” MÇJ örtasida Töraqörğon tibbiyot birlaşmasiga qaraşli böş turgan 1-sonli şifoxona bino va inşootlarini investitsiya majburiyatlari evaziga nol xarid qiymatida sotiş böyiça 45/2340-sonli oldi-sotdi şartnomasi tuzilgan. Uşbu şartnoma bekor qilinmasdan, ya'ni 1-sonli şifoxona bino-inşootlari va ular joylaşgan yer maydonlari tuman tibbiyot birlaşmasiga qaytarilmasdan turib, 1,05 gektar yer maydoni tibbiyot birlaşmasining xatiga asosan tuman zaxirasiga olingan.

Zaxiraga olinayotgan 0,75 ga yer maydonida 1-son şifoxonaga berilgan NM 0018172-sonli guvohnomaga asosan 7ta turli bino mavjud bölsa-da, komissiya tomonidan uşbu yer uçastkalari örganilmagan, binolar holatiga aniqlik kiritilmagan”, - dedi biz bilan suhbatda tuman hokimligi yurist-konsultanti. 

Bundan taşqari, Anvarjon Nodirovning aytişiça, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktabrdagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bandiga köra, aholi punktlarida 1 gektargaça va 1 gektar yer maydonlarini yuridik va jismoniy şaxslarga faqat tanlov asosida doimiy foydalanişga beriş belgilangan. Tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli 1-son şifoxonasining foydalanuvidan olingan 0,30 va 0,75 gektarlik yer maydonlari birlaştirilib, tanlovga qöyilmasdan tadbirkorga berib yuborilgan. 

Xöş, tadbirkor qurayotgan markaz xususida mahalla faollari qanday fikrda? Biz şu maqsadda bir neça oqsoqollarni sözga tutdik. Ularning aytişiça, tuman tibbiyot birlaşmasiga tegişli şifoxonaning hozirgi mavjud binosi 2 yildan beri töla ta'mirlangani yöq. Tadbirkor esa, öz hisobidan kredit olmasdan, çiroyli markazni işga tuşirişni rejalamoqda. Bu kabi tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş örniga, binoni buzdirişning ham uvoli bor. Şunça mehnat, bunday quriliş işlarini amalga oşiriş öz-özidan bölmaydi. Qolaversa, mazkur mahalla respublikadagi eng yiriklaridan bölib, unda 25 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. 

Şu bilan birga, mahalla fuqarolariga zamonaviy tibbiy xizmat körsatuvçi birorta dargoh mavjud bölmasa-da, tuman hokimligi yer maydonini qaytarib olib, davlat byudjyetidan 1-şifoxona yangitdan tiklanişini ta'kidlamoqda. Bu hol davlat rahbariyati tomonidan tibbiy xizmat körsatiş sohasida ham davlat-xususiy şerikçilikni rivojlantirişga alohida e'tibor berilayotgan bir vaqtda kuzatilayotgani ajablanarlidir.  

P.S.: Respublika Boş prokuraturasi tomonidan 2017 yil aprelida korrupsiyaga qarşi kuraş doirasida ötkazilgan maxsus amaliyot çoğida Tuman yer tuziş va kadastr bölimi boşliği lavozimida işlagan Elyor Nodirov hamda tuman fermerlar kengaşi raisi Şerzod Pölatov 7 ming AQŞ dollari olayotgan vaqtda qölga olingan. Bundan avval ularga 2200 AQŞ dollari ham berilgan. Ularga nisbatan ÖzR Jinoyat kodeksi 168-modda, 4-qismi, 28-modda qöllangan holda, 211-modda, 3-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, 2017 yil avgustida Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyati sudi sudlanuvçilarni aybdor deb topgan va E.Nodirov 10 yil 3 oyga, Ş.Pölatov 10 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. 

Tadbirkor A.Abdullayevning aytişiça, mahkumlar dastavval tuman hokimi Ğ.Murodxöjayev nomidan kelib, şifoxona qurilayotgan yer maydoni uçun 26 ming AQŞ dollari söraşgan. Albatta, bu holat sudda öz isbotini topmagan. Biroq, “aynan yuqoridagi maxsus amaliyot va sud işlaridan söng, tuman hokimi bizga berilgan yer maydoni taqdirini qayta körib çiqiş tadorigini köra boşladi”, - deydi tadbirkor biz bilan mikrofonsiz suhbatda. Xullas, tahririyat voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.

Tolib Rahmatov,
KUN.UZ jurnalisti