22 sentabrdan 2 oktabrga qadar Toşkent Jizzax va Qarşi şaharlarida “Koreya Festival - 2018” tadbiri bölib ötadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 18 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Koreya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Kvon Yon U vazirlik binosida uçraşişdi. 

Foto: Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati

Uçraşuv doirasida madaniyat vaziri ikki mamlakat an'analari va madaniyatining yaqinligi hamda özbek xalqining Koreya xalqi san'atiga bölgan qiziqişi va hurmati beqiyosligi haqida ta'kidladi. Elçi öz sözlarida Özbekiston Respublikasi Prezidentining taşabbusi bilan ilk bora taşkil etilgan Xalqaro maqom san'ati anjumani butun dunyoni maqom san'atiga çorlaganini e'tirof etdi.​