Ma'lumki, joriy yilning 18 avgust- 2 sentabr kunlari Indoneziya davlatining Jakarta şahrida XVIII Osiyo öyinlarida bölib ötdi. Mazkur musobaqada Özbekiston terma jamoasi tarkibida Andijon viloyatida kamol topgan bir qator sportçilar ham muvaffaqiyatli iştirok etdilar. Ulardan 6 nafari ğolib va sovrindor böldi.

19 sentabr kuni “Soğlom avlod” stadionida ötkazilgan “Andijon”-“Bunyodkor” klublari örtasidagi futbol bahsidan oldin, minglab tomoşabinlar iştirokida Osiyo öyinlarida ğolib va sovrindor bölgan andijonlik sportçilarni taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov tadbirda sözga çiqib, nufuzli musobaqadan yuzi yoruğ bölib qaytgan sportçilar, murabbiylar va ularning ota-onalarini andijonliklar nomidan tabrikladi.

Söng Osiyo öyinlarida oltin medallarni qölga kiritgan Ruslan Nurudinov, Jasurbek Latipov va Iqboljon Xoldorovlarga viloyat hokimining 30 million sömdan, Osiyo öyinlari kumuş medali sohibiga aylangan Hasanboy Dösmatov va Omadoy Otaqöziyevalarga 20 million sömdan,musobaqalarda bronza medaliga ega bölgan Oysuluv Abdumajidovaga 15 million söm miqdoridagi pul mukofotlari berildi.

Şuningdek, ularning murabbiylari, Ötkirbek Haydarov, Abduvohid Jalolov, Ziyovuddin Tayğonboyev, Naimjon Turğunov, Sobirjon Pardayevlar ham viloyat hokimining faxriy yorliği va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Elmurod Ermatov, Andijon

KUN.UZ muxbiri