Özining aytişiça, bir neça yil avval yaqin döstlariga ergaşib, onlayn qimorga kirgan va oxir-oqibat qarz botqoğiga botgan. U qimor öyinlari puxta reja va tuzoq asosida qanday boşqarilişi, puldor odamlar qanday “ovlanişi” haqida sözlab berdi.

“Qöli uzun” tadbirkor

- Onlayn qimor öyini – botqoq, tuzoqki, insonni böynigaça qarzga botiradi. Uni öynagan odam bor mol-mulkidan, obröyidan, hurmatidan, işidan, daromadidan, xotirjamligidan ayrilişi aniq. Buni men boşimdan ötkazdim.

1985-yil Andijon viloyati Oltinköl tumanida tuğilganman. Muzqaymoq işlab çiqariş biznesi bilan şuğullanganman. Qimor öyinlariga berilib ketişimdan avval tadbirkorligim, mol-mulkim, boyligim bölgan. Tagimda qimmatbaho avtomaşinalar, yaxşi yaşaş şaroiti, katta pul mablağlarim, bir söz bilan aytganda qölini qayerga uzatsa yetadigan tadbirkor edim.

2020-yilda mahallamizda dökon oçildi. Şu dökon oldida oşna-oğaynilarim bilan qiziqişga 100-200 dollardan onlayn qimor öynadik. 2023-yilda mahalladoşim Qosim (ismi özgartirilgan) degan yigit onlayn qimor öyinlarini taşkil etişni boşlagani, pul tuşirib, pul çiqarayotganini va öynaşga şaroit yaratib berişini aytib qönğiroq qildi. Qiziqtirişi va ofisi uyimga yaqin joyda bölgani uçun ular bilan qimor öynaşni boşladim. Boşida 90 million söm pul yutdim. Yutgan pulimni berişmadi...

Oradan vaqtlar ötib katta mablağ boy bera boşladim. Öz vaqtida tölab borganim uçun Qosim hisobimga nasiyaga pul solaverar edi. Şohona ziyofatlar uyuştirib ofisiga çorlab, onlayn qimor öynaşga taklif qilişdan çarçamasdi. Bu gaplarim bilan özimni oqlamoqçi emasman. Bu öyinni öynaganim, onlayn qimorga kirganimning birinçi sababçisi özimman, xato özimda.

Odamlarni onlayn qimorga qiziqtiriş uçun şu darajada mukammal muhit yaratiladiki, öyinga qanday qilib mukkangizdan ketganingizni sezmay qolasiz. Qimor öynaş uçun sizga şaroit ortiği bilan muhayyo qilinadi. Bu öyin va öyinni taşkil etuvçilarning yönalişi şundayki, pulingizga, mablağingizga, tölaş qobiliyatingizga qarab sizni qarz qilib borişadi. Ular sizni avvaldan taniydi, puxta örganib çiqqan, qançagaça pul tika olişingizgaça juda yaxşi bilişadi. Uy-joyingizga, tagingizdagi maşinangizga, çöntagingizdagi pulingizga, kerak bölsa qarindoş-uruğingizning qança puli borligigaça qarab sizga nasiya savdo qilişadi. Sizni doimiy özlariga mijoz qilib uşlab turadi. Sizni uşlab turişdan ularga manfaat bor. Siz ular uçun naqd pulsiz, siz orqali katta pul “oborot” qilişadi. Ularga sizga öxşagan pulli “kliyent” har doim ham kerak.

Şu tariqa, bu botqoqdan, qopqondan çiqib ketolmadim. Ularning tuzoğiga özim ham tuşdim va bu jarayon davom etdi. Bor mablağlarimni boy berib böldim, keyin atrofdagi yaqinlarimdan qarz olişni boşladim.

Qimorga yöl...

- Boşida öyinni ermak sifatida kördim. Çunki menga qimordan keladigan pul, mablağ kerak emas edi. Moddiy şaroitim öta yaxşi, özimga töq bölganman. Qiziqişda 200 dollar pul tuşirdim. 200 dollar pulni boy berdim, yutqazdim... Şundan keyin öyinga qaramlik uyğona boşladi.

Onlayn qimor öynaganingiz sari qopqonga, botqoqqa tuşib, ilaşib, mukkangizdan ketib boraverar ekansiz. Bu xuddi sigaret yoki içkilik içadigan odam içmasa yoki çekmasa xumori tutadigan holatni eslatadi. Odam örganib-örganib borib, bu botqoqqa, tuzoqqa çuqurroq kirib boraverar ekan.

Onlayn qimor öyini tuzoq va qopqon asosida qurilgan. Bu öyinda heç kim yutmaydi. Odam qança öynagan sari öyinga qaramlik, moddiy ziyon köriş va salomatligini yöqotiş tobora tezlaşib, kuçayib boraveradi.

“Bir yarim oy içida 300 ming dollar yutqazdim”

- Boşida Qosim taşkil etgan onlayn kazino kassasidan pul solib, 90 million söm pul mablaği yutib oldim. Yutgan pullarimni berişini söraganimda hozirda naqd puli yöqligini va bir-bir yarim hafta içida pullarni berişini aytdi. Yutgan pulimni naqd körinişda ololmadim. Şu tariqa, öyinga sekin-asta kirib, tobora boğlanib bordim. Yonimda pulim bölmasa, har safar nasiya beradi, qarz olaman...

Şu tariqa, bir yarim oy içida 300 ming dollar naqd pulimni boy berdim. Bir söm pulim qolmadi. Undan keyin böynimga qarz yozila boşladi.

10 ming dollar qarz bölganimdan keyin Qosim pulni tezroq qilib berişim kerakligini aytdi. U qimor öyinlariga Aziz (ismi özgartirilgan) ismli şerigi pul tikkanini, xohlasam u yordam berişini aytdi. Qosim bilan Aziz yonimga kelişdi. Malibu bor, 25 ming dollarga beraman dedi. Bir yil muddatda qaytarişga kelişib, 50 ming dollarga öşa Malibuʼni oldim. Töğriroği, qölimga 25 ming dollar berişdi. 10 ming dollarini qarzimga berdim. Qolgan 15 ming dollarni ham özlari bilan qimor öynab yana yutqazdim...

Öyin şu tariqa davom etdi. Malibu'dan keyin Cobalt, söng Gentra avtomaşinasi berişdi, qarz bölganimda “variant” qilib aylantirildi. Jarayon şu alfozda ketib, pulim bölmagan holatda ham özlari meni qarz qilib, pul bilan taʼminlab va bu qarzni yana variant orqali işini davom ettirişdi. Oxiri muzqaymoq işlab çiqaradigan dastgohlargaça sotişga majbur böldim...

“Yana qopqonga tuşdim”

- 2023-yilning dekabr oylarida öyinni töxtatdim. 2024-yil fevral oyigaça onlayn qimor öyinlarini öynamadim. Çunki qarzga botib ketgan edim. Iloji boriça qimorxonalarga bormaslikka harakat qildim.

2024-yilning fevral oylariga borib yana qölimga pul tuşişni boşladi. Mendan yaxşigina daromad topib örganib qolganlar yana aloqaga çiqişdi. Qosim kassasida puli borligini, öynasam yana hisob berib turişini aytdi.

Yana qopqonga ilaşdim, yana qarzga botdim. Qimorning orqasidan yana çohga tuşdim. Oxir-oqibat yana 70 ming dollarga yaqin mablağni boy berdim. Bu safar pulim qolmagani tufayli özim bilan birga işlaydigan savdogar, tadbirkorlardan qarz oldim.

Qamoq

- 2024-yil 20-martida öyinni töxtatdim. Öşanda böynimda taxminan 200 ming dollardan oşiqroq qarzim bölgan. Pul topib qarzlarimni uzişni boşladim. Birinçi navbatda menga işonib halol pulini berib turgan odamlarning pulini qaytarişni öz oldimga maqsad qilib qöydim-da, pul işlaşga kirişdim.

Onlayn qimor taşkilotçilari bu orada “qarzingni ber, yöqsa öldirib yuboraman”, deya hatto piçoq kötarib uyimga, işxonamga kelib töpolon qilardi.

Iş şu darajaga yetdiki, Aziz mendan pulini oliş uçun hiyla yöliga ötdi. Noilojlikdan “tanişlarimdan şakar sotib oliş uçun 100 ming dollar pul oldim, uni 2 yilda qaytaraman”, deb yolğondan tilxat yozib berdim. Ulardan göyoki qarzga 100 ming dollar pul olganim haqida videolavha ham qilib olişdi.

Şundan söng ular bir muddat meni tinç qöyişdi, qaytib gaplaşmadik, körişmadik ham. Oradan 25 kun ötib: “100 ming dollar qarz olib bermay, yolğon gapirib yuribdi” deb ustimdan IIBga ariza qilib berişdi.

Menga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov jarayonida bu pulni olmaganimni, aslida ustimdan ariza yozganlar meni tuzoqqa tuşirişgani, onlayn qimor öyinlari orqali meni qarz qilib qöyişganini aytdim.

Sud jarayonlari boşlandi. Sudda ham asl haqiqatni aytdim. Lekin tilxat va videosyomka jiddiy dalil sifatida qabul qilinib, menga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şu tariqa, 2023-yil 10-dekabrda qamoqqa olingan bölsam, 2024-yil 4-aprelda 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş haqida hukm çiqarildi. 2024-yil iyun oyida Qarşidagi “zona”da jazo muddatimni ötay boşladim.

Qamoqda 14 oy ötirdim. Aziz yaqinlarim bilan kelişib, “yetkazilgan moddiy zararni töliq oldim, unga adovatim yöq”, deya sudda körsatma bergaç, 2024-yil 20-fevral kuni Qarşidan, jazoni ötaş muassasasidan ozodlikka çiqdim.

“Hukumat eʼtibor qaratişi lozim”

- Hukumatimiz va mutasaddi taşkilotlardan bir narsani iltimos qilib söramoqçiman. Onlayn qimor öyinlari xalq orasida keng tarqalib boryapti. Bu vabo odamlarni, ayniqsa yoşlarni juda qattiq taʼsiriga, girdobiga, botqoqqa tortib ketyapti. Holat nazoratga olinişi kerak, aks holda holat yomonlaşaveradi.

Bu onlayn qimor öyinlari, hisoblarga pul soliş tizimi qanday işlaydi? Andijon viloyati misolida aytaman.

Andijon viloyatida Paynet niqobi ostidagi şoxobçalarning katta qismi onlayn qimor öyinlariga pul soliş bilan şuğullanadi. Ular boşqa tölovlarni ham amalga oşirişadi, onlayn qimor öyinlariga ham pul solişadi. Telefonga pul tuşiriş orqali 1-2 foiz daromad qilsa, onlayn qimor öyinlaridan 8-10 foizgaça daromad körişadi. Andijon şahri va tumanlarida Paynet niqobi ostida ular juda köpayib ketgan. Hukumatimizdan, tegişli mutasaddi taşkilotlardan bu vaboga, bu illatga, odamlarni botqoqqa yetaklayotgan kasallikka öz vaqtida tegişli çora körişlarini sörab iltimos qilib qolaman.

Menga öxşab qimor öynab oğir holatga tuşib qolganlar juda köp. Faqat ular xijolatçilikdan qoçib, qarzga botib qolganini ayta olmaydi xolos. Men onlayn qimor öynab yurib, juda köp insonlar böynigaça qarzga botganining guvohi böldim. Öyinga qarşi butun respublika böyiça qattiq kuraş eʼlon qilib, xalqimizni bu illatdan, bu balodan qutqarişlarini sörab qolaman. Töğri, ayb özimda, buni inkor qilmayman. Onlayn qimor öynab, qarzga botdim. Halovatim yöq... Böynimdagi qarzni, albatta, ularga qaytaraman, lekin bunga vaqt kerak.

3 yil mobaynida dilni xira qiladigan körgiliklarni boşimdan ötkazdim. Bu qopqondan, bu tuzoqdan, bu “sxema”dan 3 yil deganda ham tamomila çiqib keta olmayapman. Ustiga ustak, hayotim va tinçligim tahdid va xavf ostida qolgan. Meni bu yölga kirişga majbur qilganlar, qamalişimga sababçi bölganlar endi qaynoğam va yaqinlarimga bosim qilişga ötişgan. Tegişli taşkilotlardan holatimni örganib çiqib, menga huquqiy yordam körsatişlarini iltimos qilaman.