Davlat bojxona qömitasi jismoniy şaxslar uçun tovarlarni bojsiz olib kiriş qoidalarini kuçaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda hukumatning tegişli qarori loyihasi e'lon qilindi.
Bugungi kunda özbekistonliklar bir kalendar oyi davomida 20 turdagi tovarlarni, har birini bir donadan avtomobil (piyoda), temir yöl va daryo punktlari orqali mamlakatga bojsiz olib kirişi mumkin. Bunday tovarlar orasida muzlatgiç, konditsioner, çangyutkiç, kir yuviş maşinasi, gaz yoki elektr plita, televizor, mikrotölqinli peç, dazmol, fen, oşxona kombayni, telefon apparati, kompyuter texnikasi, noutbuk va boşqalar bor.
Endi esa jismoniy şaxslar bir turdagi maişiy texnika vositalarini har 6 oyda 1 donadan ortiq olib kirişi taqiqlanişi mumkin.
Bundan taşqari, «boşqalar» toifasiga kiruvçi eng keng tarqalgan tovarlarni olib kiriş qoidalari ham özgartirilişi mumkin. Unga köra, özbekistonliklar har bir nomdagi tovarni bir sutkada 2 kilogrammdan, biroq umumiy oğirligi 10 kilogrammdan ortiq bölmagan holda olib kirişi mumkin böladi. Buni bir sutkada emas, har oy etib özgartiriş möljallanmoqda.












