Britaniyaning The Telegraph naşri Britaniya boş vaziri Tereza Mey örnini egallaşi mumkin bölgan 15 nomzod nomi keltirilgan xizmat yozişmasini çop etdi.
Ta'kidlanişiça, Britaniya konservatorlar partiyasi vakillari uşbu hujjatga bir neça vazirlar nomlarini kiritişgan va ularning har biri nima uçun boş vazir lavozimiga loyiqligini izohlab berişgan.
Nomzodlar orasida Britaniya taşqi işlar vaziri Jyeremi Xant, içki işlar vaziri Sojid Javid, xalqaro savdo vaziri Liam Foks, mudofaa vaziri Gevin Uilyamson, soğliqni saqlaş vaziri Mettyu Xenkok, ğaznaçilik kansleri Filip Xemmond va Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi böyiça sobiq vazir Devid Devis bor.
Bundan taşqari, hukumatga sobiq taşqi işlar vaziri Boris Jonson boşçilik qilişi mumkin va u bu borada asosiy da'vogar sifatida keltirilgan.
Avvalroq Mey öz lavozimini 2019 yil martida tark etişi mumkinligi ma'lum qilingan. Deyarli 50 ga yaqin deputat Meyni Brexit böyiça kelişmovçilik sababli öz lavozimidan çetlatişni muhokama qilmoqda.












