24-avgust kuni Kiyevda bölib ötgan «Köngillilar koalitsiyasi» uçraşuvidan keyin Buyuk Britaniya boş vaziri Endi Byornem Ukraina va Britaniya sunʼiy intellektdan harbiy maqsadlarda foydalaniş sohasida hamkorlik töğrisida kelişuv imzolaganini maʼlum qildi.
Kelişuv Britaniyaga Ukraina Rossiya hujumlarini qaytariş davomida töplagan materiallardan sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirişda foydalaniş imkonini beradi.
Britaniya boş vazirining sözlariga köra, hamkorlik Ukrainaning «tengsiz jang tajribasi»ni Buyuk Britaniyaning «jahon darajasidagi sunʼiy intellekt ekotizimi» bilan birlaştiradi.
Ukrainadagi harbiy harakatlar paytida töplangan maʼlumotlar Britaniyada sinovdan ötkaziladi. Ulardan harbiy bazalar, aeroportlar, temiryöl tarmoqlari, elektr stansiyalari va qamoqxonalar kabi muhim obyektlarni uçuvçisiz uçiş apparatlaridan himoya qiliş tizimlarini takomillaştirişda foydalaniş rejalaştirilgan.
Ukraina millionlab jang videolarini taqdim etadi
Hamkorlik doirasida Kiyev Londonga jang maydonidan olingan millionlab videoyazuvlarni taqdim etadi.
Avenger («Qasoskor») nomi bilan yuritiladigan uşbu maʼlumotlar töplami hozirning özida Ukrainaning avtonom dronlarini boşqarişga möljallangan sunʼiy intellekt tizimlarini öqitişda işlatilmoqda.
Britaniya tomoni uşbu maʼlumotlarni sunʼiy intellektni harbiy şaroitlarga moslaştiriş uçun öta qimmatli manba sifatida baholagan.
Jang maydonida olingan videolar SI modellariga dronlar, harbiy texnika, harakatlanayotgan nişonlar va turli tahdidlarni real şaroitda aniqlaşni örgatiş imkonini berişi mumkin.
London ham Ukrainaga texnologik yordamni oşiradi
Ukraina maʼlumotlar taqdim etişi evaziga Buyuk Britaniya Kiyevga texnologiyalar sohasida qöşimça kömak körsatadi.
Bunda Britaniya universitetlari, olimlari va texnologik kompaniyalarining imkoniyatlaridan foydalaniş, şuningdek, mamlakatning sunʼiy intellekt ekotizimini Ukraina bilan hamkorlikka jalb qiliş rejalaştirilgan.
Byornemning taʼkidlaşiça, hamkorlik nafaqat milliy xavfsizlik imkoniyatlarini kuçaytiradi, balki muhim infratuzilmani yaxşiroq himoya qiliş va iqtisodiy ösişga xizmat qiluvçi texnologiyalarni tezroq rivojlantiriş imkonini beradi.


















