Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytiriş doirasida mahalliy uzum va qovunlarning yangi navlari Buyuk Britaniya bozoriga yetkazib berildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Özbekistonning Londondagi elçixonasi kömagida Britaniyaning Capital Foodservice kompaniyasi özbek meva-sabzavot mahsulotlarini import qilişni yölga qöygan.
Xususan, Buyuk Britaniyaga Özbekistonda yetiştirilgan «Kelin barmoq» navli uzum, şuningdek, «Torpeda», «Kökça» va «Obi novvot» navli qovunlar yetkazib berilmoqda.

Eksport qilinayotgan mahsulotlarni Britaniyaga tezkor yetkaziş uçun havo transportidan foydalanilmoqda. Qişloq xöjaligi mahsulotlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasining muntazam reyslari orqali manzilga olib borilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga yetkazib beriş jarayoni mavsum yakuniga qadar muntazam davom ettirilişi rejalaştirilgan.
Qayd etilişiça, uşbu hamkorlik Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarining Britaniya bozoridagi iştirokini kengaytiriş, mahalliy meva-sabzavotlarga bölgan talabni oşiriş hamda özbek mahsulotlarining xorijdagi nufuzini mustahkamlaşga qaratilgan.
Şu tariqa, Buyuk Britaniyaga eksport qilinayotgan özbek qişloq xöjaligi mahsulotlari assortimenti «Kelin barmoq» uzumi va qovunning bir neçta mahalliy navlari hisobiga kengaymoqda.








