Toşkent islom instituti 4-kurs talabasi Yöldoşbek qori Nuriddinov Madina şahridagi Masjidun Nabaviyda Qur'on hifzi, tilovati va tafsiri yönalişlarida xalqaro musobaqada qatnaşib, Özbekiston şarafini himoya qiladi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.
Yöldoşbek qori Nuriddinov “Özbekiston Qur'on musobaqasi-2018”ning “Oliy mukofot” sohibi hisoblanadi.
Saudiya rasmiy OAV bergan ma'lumotga köra, Qur'on hifzi, tilovati va tafsiri yönalişlari böyiça qirol Abdul Aziz tanlovi 26 muharramda (6 oktabr) boşlanib, safar oyining birinçi kunigaça (11 oktabr) davom etadi. Unda 82 davlatdan 115 kişi iştirok etadi.
Ta'kidlanişiça, uşbu musobaqa Muhammad (s.a.v.)ning masjidlarida 40 yildan beri ilk bor ötkazilmoqda.












