Yaqin-yaqinlargaça xorijda biror biznes boşlagan vatandoşimiz haqida eşitsak, noyob bir hodisani eşitgandek, qiziqib, joyi kelsa ajablanib qolardik. Özbekiston dunyoga oçilgani sari çet ellarga çiqadigan sayyoh ham, ajnabiy mamlakatlarda muqim qolib, biror iş yuritişni boşlab yuborgan vatandoşlar ham köpayyapti.

Saudiya Arabistoni deganda ilk dafʼa köz oldimizga muqaddas şaharlar Makka va Madina, haj va umra uçun borgan millionlab musulmonlar keladi. Vatandoşlarimizning haj va umra ziyoratlariga borişlari sönggi yillarda karrasiga köpaydi. Tabiiyki, ular uçun öşa şaharlardagi servis, xizmat körsatiş, taomlaniş kabi kundalik yumuşlar ham muhim ahamiyat kasb eta boşladi.
Özbekistonliklarning Vatandan uzoqda ham öz uyidagidek taomlanişi, şuningdek, xorijdan kelgan sayyohlar uçun özbek taomlari va mehmondöstligini tanitiş uçun muqaddas Haram hududida ilk özbek restorani – Mahmood Kebab'ni oçgan Nodir Mahmud bilan uçraşdik. Ilk özbek restorani deyişimiz asosga ega: vatandoşimiz aynan Haram hududida 100 foiz özbek investitsiyasi bilan oçilgan ilk özbek taomlari restorani ekaniga urğu berdi.

“AQŞda oçmoqçi edik, rizqimiz Madinada ekan”
- Restoran biznesi sohasiga kirib kelişimning tarixi bolalikka borib taqaladi. Köpçilik ota-onalar qatori bizning ham otamiz “bolam bekor yurmasin, biror hunarni örgansin” degan maqsadda uyimiz yaqinida umumiy ovqatlaniş şoxobçasiga – oşpazga şogirdlikka berdi. Asta-sekin şu yölda yurib, bu hunarning sir-asrorlarini örganib, katta böldik. Rizqimiz şu sohadan ekan, şunda baraka topdik.
Yoşlikdan dunyoga çiqişni niyat qilganmiz. Dunyo tanigan katta brendlarga havas qilib, şunaqa brendni yaratib, özimiz ham restoranlar tarmoğini köplab xorijiy şaharlarda oçsam, deb niyat qilardim.
Ilk savdo nuqtamizni AQŞda oçmoqçi böldik. U yerga borib, past-balandini örganişimiz jarayonida bizga yaqin tanişimiz Madina variantini aytib qoldi. Keldik. Kördik. Örgandik. Va rizqimiz qöşilgan ekan, şu yerda restoran oçdik. Ha, bu katta tavakkal edi. Lekin biznesda tavakkal qilmasa bölmaydi.

“Saudiyada biznes yuritişda asosiysi sabr kerak...”
- Allohga şukur, hozirça hammasi yaxşi ketyapti. Işni boşlaş oson bölmagan. Hujjatbozliklar, yuridik taşvişlar, yugur-yugurlar ança vaqtni oldi.
Madina poytaxt bölmagani, sokinroq, asosan ibodat va ziyorat uçun keluvçilar şahri bölgani sabab, bu yerda işlar sekinroq bitadi. Hujjatlaştiriş işlari 6-7 oy vaqt oldi. Har bir biznesda qiyinçilik böladi, lekin uni yengib öta olmagan biznesmen – biznesmen emas. Saudiyada biznes boşlaşda vaqt, bilim va eng asosiysi, sabr kerak.
“Restoranimiz doim gavjum”
- Restoranimizga dunyoning turli mamlakatlaridan minglab xörandalar kirişadi. Ular taomlarimiz va mehmondöstligimizdan taʼsirlanib, boşqalarga ham tavsiya qilişadi. Doim gavjum.
Gohida ayrim xorijliklar taomlaniş asnosidayoq Özbekiston haqida internetdan örganib, şu yerning özida ötirib, internetdan yurtimizga çipta olgan paytlari bölgan. Şularni körib ilhomlanamiz, ğurur tuyamiz va kuç-ğayrat olamiz.


Maqsadimiz – muqaddas şaharga kelgan hojilarga, ziyoratçilarga xizmat qiliş, ularning hojatini çiqariş. Qolaversa, Özbekiston nomini öz yönalişimiz orqali dunyoga yanada kengroq yoyiş, yurtimizni tanitiş.
















