Sönggi bir hafta içida majburiy mehnatga jalb qiliş holati böyiça Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining işonç tarmoqlariga fuqarolardan 110 dan ortiq murojaatlar kelib tuşdi, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, bugungi kunda mazkur murojaatlar Davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan örganilib, tegişli çora-tadbirlar körilmoqda.

Xususan, Namangan şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi Davlatobod bölimi boşliği Habibullo Zokirovning bölim xodimlaridan paxta yiğim-terimiga boriş yuzasidan rozilik xatlarini majburiy tarzda yozdirib olgani aniqlangan va şunga muvofiq, H.Zokirov Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga köra eng kam oylik iş haqining 1 barobari, ya'ni 184 300 söm miqdorida ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Xuddi şunga öxşaş holat Toşkent viloyatida ham kuzatildi. Qibray tumani DSENM rahbari Abdusamat Qurbanov majburiy tarzda Qibray tumanida joylaşgan 53 ta xususiy korxonalardan paxta yiğim-terimiga terimçi topib berişni talab etgan. Şu haqida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining @mehnathuquqbot telegram tarmoğiga anonim yöllangan murojaatga asosan tekşiriş işlari ötkazildi va A.Qurbonovga nisbatan eng kam oylik iş haqining 1 barobari miqdorida jarima puli tayinlandi.

Navoiy viloyati Navbahor tumani “Jambul” nasos stansiyasi bölim  boşliği Marat Azimov bölim xodimlaridan birini majburiy mehnatga jalb qilgani uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Paxtakor tumani Davlat soliq inspeksiyasi boşliği Ergaşev A. tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarni paxta terişga majburlaganligi aniqlandi. Şuningdek, örganiş jarayonida murojaatçining bergan tuşuntiriş xatida paxta terimiga soliq organi mansabdor şaxslari tomonidan majburlaganligi körsatilgan. Tekşiruvlar natijasida, Paxtakor tumani Davlat soliq inspeksiyasi boşliği Ergaşev A. ga majburiy mehnatga jalb qilgani uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga asosan, eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Hududlar böyiça eng köp murojaatlar Toşkent (22 ta murojaat), Farğona (19), Qoraqalpoğiston (16), Andijon (16), Samarqand (16) viloyatlaridan yuborilgan. Şuni ham ta'kidlaş joizki, murojaatlarning 20 dan ortiğida majburiy mehnatga jalb qiliş holati aniqlanmagan. Qolgan murojaatlar böyiça joylarda tekşiruv işlari olib borilmoqda.