2018 yil 22 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev olib bordi.

Kengaş Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön oltinçi yalpi majlisini joriy yilning 27 sentabr kuni Toşkent şahrida çaqiriş töğrisida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga Özbekiston Respublikasining bir qator qonunlari hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oşirişga, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturini izçil ijro etişga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan masalalar kiritilmoqda.

“Davlat bojxona xizmati töğrisida”gi (yangi tahrir), “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunlari, şuningdek iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirişga, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar körsatiş tizimini, aholini ijtimoiy himoya qilişni ta'minlaş va uy-joy kommunal xizmatlar körsatiş tizimini takomillaştirişga, jamoat xavfsizligini ta'minlaş va jinoiy javobgarlikni liberallaştirişga, şuningdek atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytirişga qaratilgan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonunlar şular jumlasidandir.

Bundan taşqari, senatorlar xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi Özbekiston Respublikasining qator qonunlarini ham körib çiqadilar, 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturining ijrosi töğrisida Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosarining axborotini eşitadilar.

Yalpi majlisda Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantiriş va xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari faoliyati haqidagi hisoboti eşitiladi.

Senat a'zolari qişloq xöjaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga soliş hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari – moliya vaziriga parlament sörovi yuboriş bilan boğliq masalalarni muhokama qiladilar.

Oliy Majlis Senati qömitalari va devonining ön oltinçi yalpi majlisga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir işlarini muvofiqlaştiriş uçun Senat Kengaşi tomonidan işçi guruh tuzildi.