Çernyayevka yaqinidagi çegara punkti orqali Toşkentga qaytib keldim. Juda şarmandali holat, deb yozadi iqtisodçi Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida.
«Çegaradan ötayotgan odamlarning soni köpligini hisobga oladigan bölsak, bu juda köp vaqtni talab qilmadi - bir soatdan kamroq. Men çegara punktlarida bundan ham katta navbatlarni körganman. Hatto Nyu-York aeroportida ham ikki barobar köproq turganman. Çernyayevkani esa, 5 soatda ham ötişga töğri kelgan. Pasport nazorati uçun oynaçalar köp edi va ular nisbatan tez işlayotgandi (Qozoğistondagiga qaraganda uç-beş barobar sekinroq, lekin bu biz uçun norma). Bizning mansabdorlarning a) navbat va tiqilinç yaratiş, b) odamlarni yerga uriş qobiliyatiga har doim hayron qolib kelganman. Ular navbatlar va yerga uriş holatlarini hattoki yöq joyda ham ta'minlaşi mumkin», - dedi u.
Iqtisodçining ta'kidlaşiça, odamlar xuddi qoramol uçun molxonadagi ötiş joylarini eslatuvçi tor, atrofi öralgan yölaklardan ötişi kerak bölgan. Bu odamga nomunosib xatti-harakatga undagan ham. Dahşatli tiqilinçda asosan ayollarning (bolali ayollar esa navbatdagi 70 foizni taşkil etdi) «Voy dod!», «Itarişmasang-çi!», «Bolani bosib taşlaysizlar!» baqiriqlari eşitilardi.
«Eng şafqatsiz «attraksion» çegara nazoratidan söng kutib turgandi - bojxonadan avval. Ikkita tor, atrofi örab qöyilgan ötiş joyi, bittasi - qisqa, ikkinçisi - uzun, ulardan birdaniga 3-4 kişi ötişi mumkin edi, söng ular bittaga birlaşib, asta-sekin 1,5 kişi kengligiga qadar qisqarib boradi. Bu göştqiymalagiçda qanday qilib bosib taşlaşmaganiga hayron qolyapman. Uni öylab topgan va foydalanayotgan tentaklarni esa kasbga yaroqsiz ekani uçun haydaş kerak.

Men bularning barçasi qurbonlar bilan tugaşidan qörqaman. Boz ustiga, meni çegaradan Toşkentga olib borgan haydovçidan kuni keça qurbon bölgani haqida eşitdim, uning aytib bergan narsasidan tepa soçing tikka böladi. Biroq, uning işonçliligi uçun kafolat bera olmayman, şuning uçun gaplarini takrorlamayman», - deya ta'kidlab ötdi Yuliy Yusupov.
«Xursand qilayotgan» yagona narsa: bu amaldorlar xatti-harakatida töla tenglikka erişildi. Barça yerga urilmoqda - fuqaroligi, millati, jinsi va yoşidan qat'i nazar, deya xulosa qiladi u.












