Bugun 22 sentabr kuni poytaxt hokimligida navbatdagi “Investor kuni” bölib ötdi. Unda Bektemir, Olmazor tumanlaridan taşrif buyurgan tadbirkor va investorlarning 20dan ortiq loyihalari muhokama etildi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdim etilgan loyihalar ijtimoiy soha obektlari, xususan zamonaviy  mehmonxona, kutubxona, tibbiyot markazlari, savdo va köngil oçar maskanlar, köp qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarni barpo etişni közda tutadi. 

“Toşkent şahar hokimi vazifasini bajaruvçi Jahongir Ortiqxöjayev loyihalarning avvalo, yangi işçi örinlari yaratilişi va aholi manfaatlariga har tomonlama mos bölişi zarurligini ta'kidladi. Xususan, Ortiqxöjayev Olmazor tumanida yillik tovar aylanmasi 5 million AQŞ dollari bölgan “Denta servis” xususiy stomatologiya va tibbiyotda oğriqsizlantiruvçi dori vositalarini işlab çiqarişga möljallangan korxona loyihasi bilan tanişdi. Poytaxt hokimi loyihani qöllab-quvvatlab, poytaxtda sifatli xizmat körsatuvçi tibbiyot markazlari köpayişiga işonç bildirdi”, deyiladi xabarda. 

Xabarda aytilişiça, tavsiya etilgan loyihalarning 80 foizi ma'qullangan.