Joriy yilning 22 sentabr kuni Andijon Maşinasozlik institutida Markaziy Osiyo va MDHda yagona yapon tilidan test imtihonlarini qabul qiluvçi NAT-TEST Markazi öz faoliyatini boşladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon Maşinasozlik instituti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markazning oçiliş marosimiga yaponiyaning NAT-TEST Markazi rahbari Kamata Atsuşi ham taşrif buyurdi. Yuksak martabali mexmon markaz va undagi şaroitlar bilan tanişar ekan, yaratilgan şaroit va imkoniyatlarga yuqori baho berdi va hamkorlik qilişdan mamnun ekanligini ta'kidlab ötdi.

Kamata Atsuşi va Andijon Maşinasozlik instituti rektori U.Salomovlar NAT-TEST Markazini tantanali ravişda oçib berişdi. Şundan söng Markazning faoliyati, istiqbolli rejalar, Yapon tilidan test imtihonlarini qabul qiliş jarayonlari bilan boğliq bir qator masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

– Özbekiston ulkan imkoniyatlar yurti ekanligiga yana bir bor guvoh bölmoqdaman, – dedi Kamata Atsuşi. – Markaziy Osiyoda yagona bölgan bu markazda yapon tilidan test imtihonlarini topşiriş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Öylaymanki, har tomonlama qulay va samarali bölgan hamkorligimiz uzoq davom etadi. Yuksak darajadagi e'tibor uçun taşakkur deb qolaman.