Eron hukumati Ahvoz şahridagi harbiy paradda sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga 24 sentabrni motam kuni deb e'lon qildi. Terakt oqibatida 28 kişi halok bölgan.
“Eron hukumati Xuziston viloyatining jasur odamlari va voqea oqibatida halok bölgan va jabrlanganlarning aziyat çekayotgan oilalariga hamdardlik bildiradi hamda qurbonlarning dafn kunini motam kuni deb e'lon qiladi”, deb aytilgan hukumat bayonotida.
Ahvozdagi terakt 22 sentabrda sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, parad iştirokçilarining jangarilar tomonidan öqqa tutilişi oqibatida 28 kişi halok bölgan, 60 kişi yaralangan. Terakt uçun javobgarlikni Saudiya Arabistoni bilan aloqaga ega bölgan “Ahvozdagi vatanparvar arab demokratik harakati” öz zimmasiga olgan.












