Rossiya Suriyaga S-300 zenit-raketa majmualari yetkazib berişni boşlaşga qaror qildi. Bu haqda 24 sentabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, bu majmua Suriya Havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlaydi. Şoygu suriyalik harbiylar uşbu harbiy texnikani 2 hafta içida qabul qilib olişini qöşimça qildi.
«Suriyalik harbiylarga ikki hafta içida zamonaviy S-300 zenit-raketa majmualari yetkazib beriladi. Bu tizim 250 km masofadan yöllanayotgan raketani bartaraf etişga, bir vaqtning özida bir neçta nişonni yöq qilişga qodir», degan Şoygu.
Şoygu Suriya harbiylari bu tizim orqali rossiyalik harbiylarning samolyotlarini oson aniqlay olişini ma'lum qildi.

Foto: Vadim Savitskiy / RIA Novosti
Bu qaror Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan tasdiqlangan. «Putin samolyot halokati uçun mas'uliyatni Isroil zimmasiga yukladi va prezidentga (Başar Asad) Rossiya Suriya Havo hujumidan mudofaa tizimini rivojlantirişda yordam körsatişini ma'lum qildi. Saudiya Arabistoniga ham S-300 yetkazib beriladi», deyilgan Suriya prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Foto: SERGEI BOBYLEV/TASS
Qayd etiş kerakki, Rossiya S-300 zenit-raketa majmualarini Suriyaga Lataqiyada suriyalik harbiylar ruslarning Il-20 rusumli harbiy samolyotini adaşib urib tuşirişi ortidan jönatmoqda. Rossiya Il-20 halokatida Isroilni ayblagandi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Isroilning F-16 qiruvçi samolyotlari Suriya zenit raketalaridan qoçiş maqsadida, Xmeymim aerodromiga qöniş uçun tayyorgarlik körayotgan Il-20 samolyoti orqasiga ataylab yaşiringani haqida ma'lum qildi.
Rossiya tomoni bildirişiça, Isroil harbiy qömondonligi ikki davlat örtasida tuzilgan şartnomaga amal qilmasdan Suriyaning ğarbiy qirğoqlariga uyuştirilayotgan havo hujumi haqida juda keç va çalğituvçi xabar (avvaliga Isroil Suriya şimolida amaliyot ötkazişini xabar qilgandi) yuborgan. Buning oqibatida Rossiya harbiy kuçlari aynan öşa damda osmonda bölgan razvedka samolyotini jangovar harakatlar zonasida olib çiqişga ulgurmay qolgan.
Isroil elçixonasi Rossiyaning qaroriga munosabat bildirmadi. «Biz bunga izoh bermaymiz», dedi jurnalistlarning Suriyaga S-300 yetkazib berilişi haqidagi qarorga munosabati söralgan savolga javoban Isroilning Moskvadagi diplomatik missiyasi matbuot kotibi Aleks Gandler.
Rossiya Suriya ustida xavfsiz hudud yaratmoqçi. Harbiy ekspert, iste'fodagi general polkovnik Leonid Ivaşovning fikr bildirişiça, Rossiya Suriya hamda Örta Yer dengizining Suriya qirğoqlaridagi qismi osmonida xavfsiz zona yaratişga qaror qilgan. Uning sözlariga köra, bu hududdagi parvozlar çeklanadi. Ekspertning qöşimça qilişiça, bunday qaror «AQŞ va Isroilning, şuningdek koalitsiya tarkibida Suriyada amaliyotlar ötkazayotgan bir qator Yevropa davlatlarining keskin qarşiligiga duç keladi».

Foto: Maksim Şemetov / Reuters
Rasmiy Moskva Suriyaga 2018 yilning bahorida ham S-300 yetkazib bermoqçi bölgandi. Suriya hukumati şu yilning aprelida, Idlibdagi kimyoviy hujumga javoban AQŞ, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan raketa zarbalari yöllanişi ortidan Rossiyadan S-300 zenit raketa majmuasi söragandi. Öşanda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskvada Damaşqqa qurol yetkazib beriş majburiyati yöqligini aytgandi.
Suriyaning Moskvadagi elçisi Riyoz Haddod öşanda Rossiyaning S-300 havo hujumidan mudofaa tizimi Suriya hududida mavjud ekani haqida ma'lum qilgandi. Ikki kun ötib harbiy-diplomatik manbalar bu ma'lumotni rad etişgandi.
Isroil Suriyaning S-300 tizimini yöq qilişga tayyor. Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman 2018 yilning aprelida agar S-300 Isroil samolyotlariga qarşi qöllansa, Isroil uni yöq qilişini aytib ötgandi: «Biz uçun ruslar suriyaliklarga yetkazib beradigan mudofaa qurollari bizga qarşi qöllanmasligi muhim». Liberman aks hol yuz beradigan bölsa, Isroil javob qaytarişini aytgandi: «Agar kimdir bizning samolyotlarga öt oçsa, biz uni yöq qilamiz», — deya izoh bergandi u Suriyaga rossiyaliklarning havo hujumidan mudofaa tizimi yetkazilişi haqidagi xabarlarga javoban.
Suriya S-300 olgani haqida ma'lum qilmaydi. Iyun oyida Suriya prezidenti Başar Asad Rossiyadan S-300 zenit raketa komplekslari yetkazib berilişi haqida xabar bermasligini ma'lum qilgandi. «Uşbu komplekslar taqdim etilişi yoki etilmasligi haqida biz heç kimga xabar bermaymiz. Bu qurol, u haqida qaçon qöllanilsa, şunda bilib olişadi», - deya izoh bergandi öşanda u.
2013 yilda Suriyaga S-300 yetkazib berilişi Isroilning iltimosi bilan töxtatilgandi. 2010 yili Rossiya va Suriya S-300 tizimi böyiça şartnoma tuzgandi. Bu haqdagi xabarlar Isroil va AQŞ tomonidan ğazab bilan qarşi olingandi. AQŞning öşa vaqtdagi Davlat kotibi Jon Kerri Rossiyani Başar Asad rejimini qöllamaslikka çaqirgandi. Ikki mamlakat ham bu kelişuvning amalga oşişiga qarşilik körsatgan, yakunda qurolni yetkazib beriş rejasi bekor bölgandi.
Buni bugun Rossiya Mudofaa vaziri eslab ötdi: «2013 yilda Isroil tomoni iltimosiga köra biz Suriyaga S-300 majmualari yetkazib berişni töxtatgandik. Öşanda suriyaliklar qurolni qabul qilib olişga tayyorgarlik körişgandi. Bugun vaziyat özgardi. Bizning aybimiz bilan emas».












