Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) rossiyaliklar Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirovning şaxsiy ma'lumotlari sizib çiqişi bilan boğliq holatni tekşiruvdan ötkazmoqda. Bu haqda «Rosbalt» vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qildi.
Naşr ma'lumotlariga köra, gap xorijga çiqiş pasportlarini oliş uçun ularning anketasi hamda çegaralarni kesib ötişgani haqidagi ma'lumotlarining e'lon qilinişi borasida ketmoqda. Petrov va Boşirovning anketalari hamda boşqa hujjatlarini sotib yuborgan odamlar qidirilmoqda.
Manba sözlariga köra, ayni damda anketalarning sizib çiqişi IIV yönalişi böyiça röy bergani, buni qilgan xodim esa kimning hujjatlarini sotayotganini bilmagani ma'lum bölib turibdi. Şuningdek, manbaning qayd etişiça, «sizib çiqiş»ga yöl qöyganlarga nisbatan «juda jiddiy çoralar» köriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Petrov va Boşirov haqida yangi ma'lumot paydo bölgani, ular muqaddam Niderlandiyada hibsga olingani xabar qilingandi.












