Jahon | 13:55 / 21.09.2018
24687
2 daqiqa o‘qiladi

Petrov va Boshirov haqida yangi ma'lumot: ular muqaddam Niderlandiyada hibsga olingan

Foto: Handout/Getty Images

Bellingcat tergovchilar xalqaro guruhining bildirishicha, Britaniya hukumati GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizini zaharlashda gumon qilayotgan rossiyaliklar Aleksandr Petrov hamda Ruslan Boshirov muqaddam Niderlandiyada hibsga olingan.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova feysbukdagi sahifasida Bellingcat guruhining tekshiruvlari qator savollar tug‘dirgani haqida yozgandi. Uning ta'kidlashicha, Petrov va Boshirov bilan bog‘liq holatda tergovchilar «ularning zaharlashga aloqadorligi bo‘yicha hech qanday dalillarni keltirmaganlar».

Bellingcat mutaxassislari bir qator OAVda e'lon qilingan maqolalarni o‘rganib chiqqach, Petrov va Boshirov 2018 yilning bahorida yuz bergan voqeaga aloqador ekanliklari haqidagi xulosaga kelishdi. O‘sha paytda Niderlandiya prokuraturasi Shveytsariyaning Shpits shahridagi laboratoriyaga ketayotgan chog‘ida rossiyalik ikki shaxsni qo‘lga olgan. Laboratoriya, xususan, Suriyadagi kimyoviy hujumlar va Skripallarning zaharlanishi bo‘yicha holatlarni surishtiruvda o‘tkazishda yordam beryapti. Ta'kidlanishicha, ularning yonida kompyuter aloqasi vositalari ham bo‘lgan.

Bellingcat tergovchilarining xulosasiga ko‘ra, Petrov va Boshirov shundan keyin mamlakatdan deportatsiya qilingan hamda bunday vaziyatdan so‘ng ularning Shengen vizasidan foydalanishi ehtimoli juda kam bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, aynan Shveytsariya ularning ushbu hududga so‘nggi safariga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Petrov va Boshirov intervyudan so‘ng g‘oyib bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Mavzuga oid