Janubiy Koreya yaqin kunlarda bölinib ketgan va ayni damda Şimoliy Koreyada yaşayotgan oilalarning uçraşuvi uçun doimiy pavilon qurişni boşlaydi. Bu qarorga joriy yilning 18-20 sentabr kunlari Pxenyanda ötgan ikki Koreya davlati rahbarlari örtasidagi sammit davomida kelingan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.

Mazkur pavilon KXDRning şarqiy sohilida joylaşgan Kimgan toğlari hududida quriladi. Bundan avvalroq, 2008 yilda Janubiy Koreya KXDR hududida 1000 kişi ketadigan pavilon bunyod etgan edi. Ammo u yetarli texnologiyalar bilan ta'minlanmagani va ikki tomon örtasidagi munosabatlar yomonlaşgani sabab undan foydalanilmagan edi.  

Janubiy Koreya hukumati ikki tomonda yaşayotgan oilalarni birlaştiriş uçun 30 million dollar atrofida mablağ ajratgan: çunki aynan mana şu muammo bilan mamlakatda 57 000 nafar fuqaro qiynalmoqda. 1950-1953 yillar bölib ötgan ikki tomon uruşidan söng, to bugungi kunga qadar bir oilaning turli vakillari ikki mamlakatda istiqomat qilib kelişadi.