Joriy yil oktabr oyidan boşlab "Toşkent-Pop-Marğilon-Andijon" yönalişida yangi ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovi yölga qöyiladi, deb xabar berdi “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.
Xabarda ta'kidlanişiça, poyezd qatnovi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş va ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida yölga qöyilmoqda.
“Mazkur poyezd aniq jadval asosida haftada ikki marotaba harakatlanişi va unda tadbirkorlarning turli xil hajmdagi yuklarini 20 futlik konteynerlarda 10 soat muddatda hamda arzon narxlarda öz manziliga yetkazib beriş közda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Bu yangi temir yöl transporti xizmatidan foydalaniş istagida bölgan fuqarolar yoki tadbirkorlar +99878 1503410 (333), +998712996254 telefon raqamlari hamda [email protected], [email protected] elektron poçtalari orqali murojaat qilib buyurtmalar berişi hamda özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişlari mumkinligi qöşimça qilingan.












