Bugun 2018 yil 25 sentabrda Oliy sudning Rayosat zalida Özbekiston Respublikasi Oliy sudining yangi rasmiy veb-sayti va undagi interaktiv xizmatlar taqdimoti bölib ötdi. 

Tadbirda Özbekistonda faoliyat körsatuvçi xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, AQŞ, Hindiston, Pokiston davlatlarining elçilari, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Turkmaniston davlatlari elçixonalari vakillari, vazirlik va idoralar, şuningdek, ommaviy axborot vakillari iştirok etdi. 

Tadbirda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov sözga çiqib, 2017 yil 30 avgustdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişni yanada takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida”gi qaror yuzasidan 2017-2020 yillarda sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş böyiça Dasturning amaliy ijrosi xususida ma'lumot berdi. 

Tadbirda Oliy sudning yangi veb-sayti va undagi fuqarolar uçun keng imkoniyatlar yaratilgani haqida söz yuritildi. Sayt www.sud.uz, www.oliysud.uz va www.supcourt.uz manzillari böyiça joylaşgan.

Endilikda uşbu tizim orqali fuqarolik işlari böyiça sudlarga elektron murojaat qiliş bilan birga, sud majlislarining jadvali, kuni va vaqtidan elektron tarzda xabardor böliş, barça sud qarorlari bilan tanişiş mumkin böladi. 

Tadbirning eng muhim qismi – Özbekistonda ilk marotaba doimiy işlovçi sud majlislarining onlayn translyatsiyasini joriy etiş taqdimoti böldi. Bu holat ayni sud  jarayonini Oliy sudning veb-sayti orqali töğridan-töğri kuzatib boriş imkoniyatini beradi. Hozirda uşbu tizim sinov tariqasida Özbekistonning eng çekka hududlari bölgan Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlaridagi 12ta sudga örnatilgan va işga tuşirilgan. Şu yilning oxiriga qadar 22ta sudni, 2019 yilda esa 100dan ortiq sudni onlayn translyatsiya tizimiga ötkaziş rejalaştirilmoqda.