Oliy Majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev senator sörovlariga bepisandlik bilan qaralişi borasida hukumatdan izoh söradi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

«Ayrim vazirlik va idoralar rahbarlari parlament bilan munosabatlarga qonun talabi asosida yondaşmayapti», – dedi Yöldoşev 27 sentabr kuni iş boşlagan Senat yalpi majlisida. 

Xususan, Senat qömitasi raisining örinbosari tomonidan 15 avgust kuni poytaxtdagi madaniyat va istirohat boğlaridagi jiddiy kamçiliklar yuzasidan madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga senator sörovi yuborilgan.

Senat raisining sözlariga köra, uşbu sörovga vazirlikning javobi 40 kundan söng kelgan. Buning ustiga, birorta ham savolga tayinli javob olinmagan.

«Vazir örinbosari imzosi qöyilgan yarim varaqlik javob Senatga emas, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga yuborilgan», – dedi u.

Yöldoşev Madaniyat vazirligi mutasaddilarini qonunlarni bilmaslik va mas'uliyatsizlikda aybladi. 

«Vazirlikning mas'ul şaxslari senatorlar qayerda işlaşlarini bilmasliklari ularning qonunni bilmasliklarini namoyiş qiladi», – dedi u.

«Özingiz öylang, Madaniyat vazirligi mas'ul xodimlari xalq vakillariga nisbatan şunday munosabatda bölsa, ularning davlat siyosati mohiyatini töliq anglab yetganiga, zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalarni amalga oşirişiga kim kafolat beradi? Biz bu masala böyiça vazirlik, şuningdek, hukumatdan izoh kutamiz», – dedi Yöldoşev.

Uning aytişiça, boşqa aksariyat vazirlik va idoralar ham parlament qömitalarining murojaatlariga xuddi şunday tarzda javob qaytarmoqda. Söziga misol sifatida u Senatga huquqni muhofaza qiliş organlaridan asossiz ravişda işdan böşatiş hollari bilan boğliq köplab murojaatlar kelib tuşganini aytdi. Parlament vakillarining bu holatlar böyiça sörovlari esa haligaça javobsiz qolmoqda. 

«Hattoki qömitalarning qonunlar muhokamasiga bağişlangan tadbirlariga vazirlik va idoralar tomonidan qonunlar töğrisida yetarli bilimga, zarur ma'lumotga yoki umuman vakolatga ega bölmagan xodimlar jönatilmoqda. Biz buni parlamentga nisbatan bepisandlik deb baholaymiz», – deb ta'kidladi Yöldoşev.