Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr Suriyaning Idlibi böyiça Rossiya-Turkiya kelişuvini «juda yaxşi», deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Al-Jubayrning sözlariga köra, u voqealarning hozirgi rivojini «ijobiy» deb hisoblaydi hamda mintaqadagi mojaro muzokaralar yöli bilan hal etilişiga umid qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp Idlibda millionlab odamlar halok bölişi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.
Amerika prezidentining ta'kidlaşiça, Suriyaning Idlibida keng kölamli harbiy amaliyot ötkazilişiga qarşi. Uning xabar berişiça, AQŞ ma'muriyatini bu viloyatda yirik amaliyotga «yöl qöymaslikka» çaqirgan.












