Reuters xabariga köra, Idlib şahrida öt oçişda ayblanayotgan özbekistonlik jangarini hibsga olişga uriniş ortidan keskinlik yuzaga kelgan. Bunga javoban önlab qurollangan özbekistonlik jangari xavfsizlik xizmati binosi oldida töplanib, öz safdoşini ozod qilişni talab etgan.

Keyinçalik xavfsizlik kuçlari Idlibning bir neçta qişloq hududlarida, jumladan, Kafriya va Al-Fua aholi punktlarida reydlar ötkazib, namoyişçilarni hibsga olgan.

Hibsga olinganlarning aniq soni hozirça noma’lum. Suriya Içki işlar vazirligi vaziyatga izoh bermadi.

Reuters ma’lumotlariga köra, 2025 yilga kelib, Suriyada 1500 ga yaqin özbekistonlik jangari bölgan, ularning ba’zilari oilalari bilan.

Bu sönggi oylarda Idlibda Suriya hukumat kuçlari va xorijiy jangarilar örtasidagi ikkinçi jiddiy töqnaşuvdir. Avvalroq Turkiya çegarasi yaqinidagi fransuz jangarisi Umar Diabi lageri atrofida keskinlik yuzaga kelgan edi.

Ta’kidlanişiça, Suriya hukumati xorijiy jangarilarni yangi Suriya armiyasi tuzilmalariga faol integratsiya qilmoqda. Ulardan minglab nafari allaqaçon öz maqomini rasmiylaştirgan. Ba’zilari yuqori lavozimlarni egallagan: iordaniyalik jangari Respublika gvardiyasiga qömondonlik qilmoqda, avstraliyalik jangari suveren jamğarmani boşqaryapti. Ötgan yili AQŞ 3,5 mingga yaqin xorijiy jangçilarni (asosan uyğurlar va qöşni davlatlardan kelganlar) armiyaning yangi diviziyasiga integratsiya qiliş rejasini ma’qullagan edi.