BMT Boş assambleyasi maydonlarida Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr qirollikning Qatar bilan biror-bir iş olib borişni istamayotganini tasdiqladi. Qatarga 2017 yilda terrorçilikni qöllab-quvvatlaş ayblovi bilan blokada e'lon qilingandi.
Al-Jubayr xalqaro munosabatlar kengaşi yiğilişida önlab yillardan beri terrorçilik guruhlari yetakçilarini özida qabul qilayotgan Qatarning özini tutişini nomaqbul deb atagan.
Jumladan, vazir “Al-Qoida” yetakçilaridan biri Saudiya Arabistoniga Qatar pasporti bilan kirganini eslab ötgan.
“Bu munosabatlarning tarangligi emas, biz şunçaki ular bilan biror-bir aloqaga ega bölişni istamayapmiz. Qatar 1990-yillarning örtalaridan terrorçi va ekstremistlarni qöllab-quvvatlab keladi, ularning yetakçilarini qabul qilib, ularga teraktlarini oqlaş uçun televideniye orqali murojaat qiliş imkonini beradi, bu esa nomaqbuldir”, deb aytgan al-Jubayr.
Uning aytişiça, Qatar Fors körfazida muammolar yuzaga keltiriş va vaziyatni barqarorsizlaştiriş maqsadida arab davlatlarida terrorçilik guruhlarini qöllab-quvvatlab keladi.












