Eron yadroviy dasturi böyiça birgalikdagi harakatlar rejasi böyiça majburiyatlarini töliq bajarmoqda va Moskva bu kelişuvni saqlab qoliş uçun barça işni qiladi, deb aytdi Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov.
Lavrov BMT Boş assambleyasida Koreya yarimorolini yadroviysizlantiriş ommaviy qirğin qurollarini tarqatmaslik sohasida jahon hamjamiyati oldida turgan vazifalardan biriligini ta'kidlab ötdi.
Lavrovning aytişiça, Koreya yarimorolidagi tinçlik jarayonlarini rağbatlantiriş lozim.
“Rossiya-Xitoy yöl xaritasiga monand rivojlanayotgan, Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyatning ijobiy dinamikasini qutlaymiz. Bu jarayonni tomonlarning bir-biriga peşvoz çiqişi böyiça qadamlar va BMT Xavfsizlik kengaşi liniyasi böyiça Pxenyan va Seul örtasidagi muhim kelişuvlarni amalga oşirişni stimullaş orqali rağbatlantiriş lozim”, deb aytgan Lavrov BMT Boş assambleyasidagi nutqida.
Lavrov Moskva Şimoli-Şarqiy Osiyoda mustahkam tinçlik va xavfsizlikni yaratişga qaratilgan köp tomonlama jarayonni boşlaş böyiça işni davom ettirişini qöşimça qilgan.












