Toşkent viloyatida “Qoradori-2018” tadbiri ötkazildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Tadbir davomida viloyatning Oqqörğon tumani “Qahramon” MFY hududida joriy yilning 24 sentabr kuni içki işlar organlari xodimlari tomonidan fuqaro J.I. 1 kg. 946,5 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi bilan qölga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzaxdagi fermer xöjaligi şiyponidan 1,5 kilogrammdan ortiq marixuana topilgandi.