Uning yonida yana 64 gr. miqdorda marixuana borligi aniqlandi. Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, U.B. ishlayotgan fermer xo‘jaligi shiyponidan 1 kg. 580 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topildi.
Holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











