1 oktabr kuni Şvetsiya poytaxti Stokholmda Nobel haftaligi boşlandi. Tantanali haftalikning birinçi kunida fiziologiya va tibbiyot yönalişidagi mukofot ğoliblarini e'lon qilindi.

Tibbiyot va fiziologiya sohasida Nobel mukofoti joriy yilda rak terapiyasi sohasida tadqiqotlar olib borgan Jyeyms Pi Ellison va Tatsuku Honjoga berilgan.

Qayd etiş kerakki, 109 yil davomida odatda tibbiyot böyiça mukofotni bir neça olimlardan iborat guruhlar qölga kiritib kelgan.
Şvetsiyalik kimyogar, ixtiroçi Alfred Nobel (1833–1896) nomli xalqaro mukofotning 2018 yilgi yilgi sovrindorlarini taqdirlaş marosimi an'anaga köra 10 dekabr kuni Stokholm va Oslo şaharlarida ötkaziladi. 5ta asosiy mukofotdan 4tasi Şvetsiya poytaxtida, tinçlik yönalişidagi mukofot esa Norvegiya poytaxtida topşiriladi.
2018 yilda har bir sovrindor uçun mukofot miqdori 9 million şved kronasini (940 ming dollarga yaqin) taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, 2017 yili sirkad ritmlarga mas'ul molekulyar mexanizmlar tadqiqotlari - 24 soatlik biologik soatlari uçun Jyeffri Xoll, Maykl Rozbaş va Maykl Yang tibbiyot va fiziologiya böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölişgandi.











