Telegram asosçisi Pavel Durov messenjerning desktop versiyasida IP-manzillar haqidagi ma'lumotlar begonalar qöliga tuşganligi töğrisidagi xabarlarga izoh berdi. Uning sözlariga köra, bu holat faqatgina 0,01%dan kam qönğiroqlar bilan yuz bergan — ma'lum qilinişiça, foydalanuvçilarning atigi şunça qismi qönğiroqlarni Telegram Desktop orqali amalga oşiradi.

Messenjerning desktop versiyasida P2P qönğiroqlarni öçirib qöyiş funksiyasi yöq, dedi Durov. Ilovaning boşqa barça versiyalarida esa bu funksiya mavjud.

Durovning qöşimça qilişiça, WhatsApp, Viber kabi raqobatçi messenjerlar haligaça qönğiroqlarni oraliq server orqali ötkazişadi va şu bois “ularda 100% qönğiroqlar haqidagi ma'lumotlar aniq sizib çiqadi». Telegram esa qönğiroqlarni töğridan-töğri muloqot qilayotganlar örtasida amalga oşiradi.

Avvalroq Facebook muhandislari 50 million foydalanuvçining akkauntiga kiriş imkonini beradigan xavfsizlik kamçiligini topgani haqida ma'lum qilişgandi.