Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga formati haqida öz fikrlarini bildirdi.

«Superliganing bu formati kelasi yili ham şu tarzda qoladi deb aytolmayman. Biz boşqa variantlarni ham körib çiqamiz. 

Ayni paytda çempionatimizda 12ta jamoa iştirok etayapti. Lekin futbol millionlar öyini ekanligini unutmasligimiz kerak. Özbekistonda esa futbolni juda sevişardi. Şuning uçun, uning har bir viloyatida, şahrida albatta futbol bölişi kerak. Birgina Toşkentning özidan uçta jamoaning nima keragi bor? 

Masalan, men Andijon xalqi öz jamoasini Superligada körişini xohlayman. Çunki ular bunga munosib. Yoki Samarqandni olaylik. Samarqandda ham albatta futbol bölişi kerak.

Şu bois, biz çempionat formatini qayta körib çiqamiz va buni muhokama qilamiz. Futboldan butun xalqimiz bahramand bölişi kerak. Çunki biz Özbekiston futbolini yuksaklarga kötariş uçun mehnat qilayapmiz. Şuning uçun çempionatimiz tizimi borasida hammasini yaxşilab öylab körganimizdan keyin, qaror çiqaramiz», - deb Ahmadjonov sözlarini keltirmoqda Championat.asia «Futbol Ekspress» gazetasiga asoslangan holda.